mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 85
(1-103)

* To’rtinchisi: Savaning muqaddaslashtirilgan kichik dengizi u kechada yerga shimilib ketishi va Istahr-obodda ming yildan beri uzluksiz yoqib turilgan va so’nmagan, Majusiylar ma`bud qilib olgan otashning, tavallud kechasida so’nishi.

Ushbu uch to’rt hodisa ishoradirki, yangi dunyoga kalgan ul Zot, otashparastlikni tugatadi, Fors saltanatining saroyini parchalaydi, izni Ilohiy bilan bo’lmagan narsalarning muqaddaslashtirishni man qiladi.

* Beshinchisi: Garchi tavallud kechasida bo’lmay, biroq tavalludga juda yaqin bo’lgan jihati bilan, u hodisalar ham Irhosoti Ahmadiyadandir (A.S.M.). Masalan, surai اَلَمْ تَرَ كَيْفَ da qat`iy xabar bilan bayon qilingan "Fil voqeasi" bo’lib, Ka`bani buzish uchun Abraha degan Habash podshohi kelib, Fili Mahmudiy nomli bahaybat bir filni boshlab kelgan. Makkaga yaqin qolganda fil yurmagan. Chora topolmay qaytganlar. Abobil qushlari ularni mag’lub qilgan va tang ahvolga tushib qochganlar. Bu ajib qissa tarix kitoblarida batafsil yozilib mashhur bo’lgandir. Ushbu hodisa, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning payg’ambarlik dalillaridandir. Chunki, tavalludiga juda yaqin bir davrda qiblasi va tug’ilgan joyi va sevikli vatani bo’lmish Ka`bai Mukarrama, g’aybiy va xoriqo bir suratda Abrahaning tahribidan qutulgandir.

* Oltinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kichikligida Halimai Sa`diyaning yonidalik davrida, Halima va Halimaning erining shahodatiga ko’ra, quyoshdan behuzur bo’lmasligi uchun, ko’p marta ustida bir bulut parchasining Unga soya solganini ko’rganlar va xalqqa so’ylaganlar va u voqea to’g’riligi bilan shuhrat topgan.

* Ham yana, O’n ikki yoshida Shom tarafiga ketayotgan vaqt, Bohirai Rohibning shahodatiga ko’ra, bir parcha bulut Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning boshiga soya solganini ko’rgan va ko’rsatgan.

* Ham yana, bi`satdan avval, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bir marta Xadichai Kubroning Maysara ismidagi xizmatkori bilan tijoratdan kelayotgan payt, Hadichai Kubro Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning boshida ikki malak (farishtaning) bulut tarzida soya solib turganlarini ko’rgan. O’z xizmatkori bo’lgan Maysaraga aytgan. Maysara ham Hadichai Kubroga degan: "Butun safarimizda men shunday ko’rayotgandim."

* Yettinchisi: Sahih naql ila sobitdirki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom, bi`satdan avval, bir daraxtning ostida o’tirdi. U yer qurigan edi. Birdan yashillandi. Daraxtning shoxlari Uning boshi uzra egilib soya soldilar.

Аудио мавжуд эмас