mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 86
(1-103)

* Sakkizinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bolaligida Abu Tolibning uyida qolardi. Abu Tolib bola-chaqasi bilan U bilan birga ovqatlansalar, qorinlari to’yardi. Qachonki, U zot ovqatlanish vaqtida bo’lmasa to’ymas edilar. Shu hodisa ham mashhurdir, ham qat`iydir.

* Ham yana, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning kichikligida Unga qaragan va xizmat qilgan Ummu Aymon deydi: "Hech bir vaqt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom ochlik va suvsizlikdan shikoyat qilmadi, na kichikligida va na kattaligida... "

* To’qqizinchisi: Emizgan onasi bo’lmish Halimai Sa`diyaning molida va echkilarining sutida, qabilasidagilarning aksi o’laroq, ko’p barakot va mo’lchilik bo’lganidir. Bu voqea ham mashhurdir, ham qat`iydir.

Ham yana, pashsha uni bezovta qilmasdi. Uning muborak badaniga va libosiga qo’nmasdi. Darvoqe, avlodidan bo’lmish Sayyid Abdulqodir Geyloniyga (Q.S.) ham, bobosidan u xususiyat irsiyat bo’lib o’tgandi.

* O’ninchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom dunyoga kelgandan keyin, boxusus tavallud kechasida, yulduzlarning tushishining ko’payishi bo’lib, shu hodisa O’n beshinchi So’zda qat`iy hujjatlar bilan qilgan isbotimizga binoan, shu yulduzlarning sukuti, shaytonlar va jinlarning g’aybiy xabarlardan kesilishiga alomat va ishoradir. Modomiki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom vahiy bilan dunyoga chiqdi, albatta yarim yumaloq (chala-yarim) va yolg’onlar bilan qorishiq bo’lgan, qohinlarning va g’oibdan xabar beruvchilarning va jinlarning xabarlariga chek qo’yish lozimdirki, vahiyga bir shubha kelmasin va vahiyga o’xshatilmasin. Ha, bi`satdan avval kohinlik ko’p edi. Qur`on nozil bo’lgandan keyin, ularga xotima berildi. Hatto, ko’p kohinlar iymonga keldilar. Chunki, qaytib jinlar toifasidan bo’lgan xabarchilarini topolmadilar...  Demak, Qur`on xotima bergandi. Xuddi eski zamon kohinlari kabi, hozir ham madyumlar suratida yana bir navi kohinlik Ovrupada spiritizmchilarning oralarida bosh ko’targan. Har nima bo’lsa ham...

Alhosil: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning nubuvvatidan avval nubuvvatini tasdiq qildirgan va tasdiqlagan juda ko’p voqealar, juda ko’p zotlar bo’lgan. Ha, dunyoga ma`nan rais bo’ladigan (Izoh) va dunyoning ma`naviy shaklini o’zgartiradigan va dunyoni oxiratga ekinzor qiladigan va dunyoning maxluqotining qiymatlarini e`lon qilajak va jin va insga abadiy saodatga yo’l ko’rsatadigan va foniy jin va insni abadiy yo’qlikdan qutqaradigan va dunyoning yaratilish hikmatini va sirli tilsimini va muammosini ochadigan va koinot Xoliqining maqsadlarini biladigan va bildiradigan va ul Xoliqni tanib, umumga tanitadigan bir Zot, albatta hali kelmasidan, har narsa, har nav, har toifa Uning kelishini sevadi va kutadi va chiroyli qarshi oladi va olqishlaydi va Xoliqi tarafidan bildirilsa, u ham bildiradi. Sobiq ishoralarda va misollarda ko’rdikki, har bir maxluqot navi Uni chiroyli qarshi olayotgandek mo’`jizalarini ko’rsatganlar, mo’`jiza tili orqali nubuvvatini tasdiqlaganlar...

-------------------

Izoh: Ha, SULTONI LAVLAKA LAVLAK shunday bir raisdirki, ming uch yuz ellik yildan beri saltanati davom etmoqda. Birinchi asrdan so’ngra har bir asrda laoqal uch yuz ellik million tobelari va raiyati bor. Yer kurrasining yarmini bayrog’i ostiga olgan va tobelari kamoli taslimiyat ila Unga har kun salavotu salom bilan biatlarini yangilab, amrlariga itoat qiladilar.

-------------------

Аудио мавжуд эмас