mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 88
(1-103)

* Ham yana, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Qurayshiylarga deganki: "Yo’lda ketayotganimda sizning bir karvoningizni ko’rdim. Karvoningiz falon vaqtda yetib keladi." So’ngra o’sha vaqt karvonni kutib turdilar. Karvon bir soat kechikayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning xabari to’g’ri chiqishi uchun ahli tahqiqning tasdig’i bilan, Quyosh bir soat to’xtab turgan. Ya`ni, Yer Uning so’zini to’g’ri chiqarmoq uchun, vazifasida, sayohatida bir soat ta`til qilgan va u ta`tilni, quyoshning to’xtab turishi bilan ko’rsatgan.

Xullas, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalomning bir dona so’zining tasdig’i uchun, ulkan Yer vazifasini tark qiladi, ulkan Quyosh shohid bo’ladi. Bunday bir zotni tasdiqlamagan va amrini tinglamagan qay daraja badbaxt ekanini...  va Uni tasdiqlab amriga سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا deganlarning naqadar baxtiyor ekanlarini  angla, «Alxamdullilaxi ala-l imani va-l Islam» de.

 

O’N SAKKIZINCHI ISHORA.

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning eng buyuk va abadiy va yuzlab nubuvvat dalillari jam va qirq jihatlama mo’`jizaviyligi isbotlangan bir mo’`jizasi ham, Qur`oni Hakiymdir. Mana shu buyuk mo’`jizaning bayoniga doir bo’lgan Yigirma Beshinchi So’z, taqriban yuz ellik sahifada, qirq mo’`jiza jihatini qisqacha bayon va isbot etgan. Shunday ekan, shu mo’jizalar xazinasi bo’lgan mo’`jizai a`zamni ul So’zga havola etib, yolg’iz ikk-uch nuktani bayon etamiz.

Birinchi Nukta.

Agar deyilsa: Qur`on mo’`jizasi balog’atdadir. Holbuki, umum tabaqalarning haqlari borki, mo’`jizasidan xissalari bor bo’lsin. Holbuki, balog’atdagi mo’`jzani mingtadan faqat bitta muhaqqiq olim anglay oladi?..

Aljavob: Qur`oni Hakiymning har tabaqaga qarashli bir navi mo’`jizaviyligi bordir. Va bir tarzda, mo’`jizaviylik mavjudligini ixsos etadi.(?) Masalan, balog’at va fasohat ahli tabaqasiga nisbatan, balohatdagi xoriquloda mo’`jizasini ko’rsatadi.

Va she`riyat va xitobat ahlining tabaqasiga nisbatan, g’arib, go’zal, yuksak bo’lgan badiiy uslubning mo’`jizaviyligini ko’rsatadi. Ul uslub har kimga yoqqani holda, hech kimsa taqlid qilolmaydi. Zamon o’tishi bilan ul uslubi qarimaydi, doimo yosh va yangidir. Shunday muntazam bir nasr va mansur bir nazmdirki, ham oliy, ham totlidir.

Аудио мавжуд эмас