mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 90
(1-103)

Hatto, ma`nosini ham fahmlay olmagan johil omi tabaqaga nisbatan, Qur`oni Hakiym zeriktirmaslik surati bilan mo’`jizaviyligini ko’rsatadi. Ha, u omi, johil odam deydiki: "Eng go’zal, eng mashhur bir baytni ikki-uch marta eshitsam, menga zerikish beradi. Shul Qur`on esa, hech zeriktirmaydi, borgan sari yanada ziyoda tinglash ishtiyoqini beradi. Shunday ekan, bu inson so’zi emasdir."

Ham yana, yod olishga kirishgan bolalar tabaqasiga nisbatan ham, Qur`oni Hakiym ul nozik, zaif, oddiy bo’lgan va bir sahifa kitobni yodida saqlay olmagan u bolalarning kichik boshlarida, ul buyuk Qur`onning, hamda ko’p yerlarida chalkashish va yanglishishga sabab bo’ladigan bir-biriga o’xshagan oyatlarning, hamda ajratish mushkul bo’lgan jumlalarning, nihoyatda osonlik va qulaylik bilan bu bolalarning hofizalarida o’rnashishi, mo’`jizaviyligini ularga ham ko’rsatadi.

Hatto, oz so’zdan va shovqindan ta`sirlangan xastalarga va sakarotda (jonchiqarda) bo’lganlarga nisbatan Qur`onning xush jarangi va sadosi, ularga zam-zam suvi kabi xush va totli tuyulishi jihati bilan bir navi mo’`jizaviyligini ularga ixsos qiladi.

Alhosil: Qirq xilma-xil tabaqada va turli-tuman insonlarda, qirq jihat bilan, Qur`oni Hakiym mo’`jizaviyligini ko’rsatadi va yo mo’`jizaviylik mavjudligini ixsos qiladi. Hech kimsani mahrum qoldirmaydi.

Hatto, yolg’iz ko’zi bor bo’lgan (Izoh) quloqsiz, qalbsiz, ilmsiz tabaqaga nisbatan ham, Qur`onning bir navi mo’`jizaviylik alomati bordir.

-------------------

Izoh: Yolg’iz ko’z bor bo’lgan, quloqsiz, qalbsiz, tabaqaga nisbatan mo’`jizaviylik jihati bu yerda g’oyat mujmal va muxtasar va noqis qolgandir. Biroq bu mo’`jizaviylik jihatini yigirma to’qqizinchi va O’ttiz ikkinchi Maktublarda (Izoh 2) g’oyat porloq va nuroniy va zohir va bohir ko’rsatilgan. Hatto ko’rlar ham ko’ra oladi. U mo’`jizaviylik jihatini ko’rsatadigan bir Qur`on yozdirdik. Inshoalloh, chop qilinadi. Har kim u go’zal jihatni ko’ra oladi.

Izoh 2: O’ttizinchi maktub juda porloq tasavvur va niyat qilingandi, biroq o’rnini boshqasiga, "Ishoratul-I`joz"ga berdi. O’zi maydonga chiqmadi.

-------------------

Аудио мавжуд эмас