mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 93
(1-103)

Hoshiya-3: Qur`oni Hakiymning barcha sahifalari oxirida oyat tamom boladi. Go’zal bir qofiya bilan nihoyasiga etadi. Buning siri shudirki, eng katta oyat bo’lmish Mudoyana oyati, sahifalar uchun; Surai Ixlos va Kavsar esa, satrlar uchun bir miqyos qilib olingan. Bundan, Qur`oni Hakiymning bu go’zal fazilati va mo’`jizaviylik alomati ko’rinadi.

Izoh-4: Bu maqomning shu mabhasida g’oyat ahamiyatli va hashamatli va ulkan va Risolai Nurning muvaffaqiyati nuqtasida G’oyat ziynatli va sevimli va shavq beruvchi karomatning, juda oz va juz`iy vaziyat va qisqacha namunalariga va kichik alomatlariga, shoshilishish balosi bilan kifoyalangan. Holbuki, u buyuk haqiqat va u sevimli karomat esa, tavofuq nomi bilan besh-olti xillari ila Risolai Nurning bir karomat silsilasini va Qur`onning ko’zga ko’ringan bir navi mo’`jizaviy yog’dularini va g’aybiy ramzlarining bir ishoralar manbaini tashkil qiladi. So’ngra, Qur`onda "Lafzulloh"ning tavofuqidan chiqqan mo’`jizaviylikning bir yog’dusini ko’rsatgan jilo bilan bir Qur`on yozdirildi. Ham Rumuzoti Samoniya nomidagi sakkiz kichik risolalar, Qur`on harflarining tavofuqidan chiqqan latif munosabat va g’aybiy ishorasining bayonida ta`lif etildi. Ham Risolai Nurni tavofuq siri bilan tasdiqlagan va taqdirlagan va tahsin aytgan karomati G’avsiya va uch karomati Alaviya va ishorati Qur`oniya nomidagi besh adad risolalar yozildi. Demak Mo’`jizoti Ahmadiyaning ta`lifida ul buyuk haqiqat bir oz his qilingan, biroq afsuski faqat bir tirnog’ini ko’rib ko’rsatgan, qayta orqasiga boqmay tez o’tib ketgan.

Ikkinchi Nukta:

Hazrati Muso Alayhissalom zamonida sehr rivoj topganidan ahamiyatli mo’`jizalari unga o’xshash bir tarzda kelgani va Hazrati Iso Alayhissalom zamonida ilmi tib rivojda bo’lganidan mo’`jizasining aksariyati o’sha jinsdan kelgani kabi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ham zamonida Jaziratul-Arabda eng ziyoda rivojda to’rt narsa edi.

Birinchisi: Balog’at va fasohat.

Ikkinchisi: She`r va xitobat.

Uchinchisi: Kohinlik va g’oibdan xabar bermoq.

To’rtinchisi: O’tmish voqealarini va koinot hodisalarini bilmoq edi.

Qur`oni Hakim kelgan vaqtidayoq bu to’rt nav ma`lumot sohiblariga qarshi maydonga chiqdi:

Avvalo, ahli balog’atni birvarakayiga tiz cho’ktirdi. Hayratla Qur`onni tingladilar.

Ikkinchisi, ahli she`r va xitobot, ya`ni muntazam nutq qiluvchi va go’zal she`r o’quvchilarga shunday bir hayrat berdiki, barmoqlarini tishlatti. Oltin bilan yozilgan eng go’zal she`rlarini va Ka`ba devrlarida faxrlanish uchun osilgan  mashhur "Muallaqoti Sab`a"larini qulatdi, qiymatdan tushirdi.

Аудио мавжуд эмас