mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 94
(1-103)

Ham g’oibdan xabar beruvchi kohinlarni va sehrgarlarni o’chirdi. Ularning g’aybiy xabarlarini ularga unuttirdi. Jinlarini daf qildirdi. Kohinlikka yakun yasattirdi.

Ham avvalgi xalqlar bilan bo’lgan voqealardan va olam hodisalarining sirlaridan voqif bo’lganlarni xurofotdan va yolg’ondan qutqarib, o’tmishdagi haqiqiy voqealarni va olamdagi nurli hodisalarni ularga dars berdi (o’rgatdi).

Mana shu to’rt tabaqa Qur`onga nisbatan kamoli hayrat va hurmat ila uning oldida tiz cho’kib shogirdi bo’ldilar. Hech biri hech bir vaqt bir dona sura bilan raqobatga chiqolmadilar...

Agar deyilsa: Qayerdan bilamizki, hech kimsa raqobat qilolmagan va raqobat mumkin emasligini?

Aljavob: Agar raqobat mumkin bo’lsaydi, har qanday holda tashabbus qilingan bo’lardi. Chunki raqobatga ehtiyoj shiddatli edi. Zero dinlari, mollari, jonlari, oilalari tahlikaga tushayotgan edi. Raqobatga erishilsa qutulardilar. Agar raqobat mumkin bo’lsaydi, har qanday holda (albatta) raqobat qilgan bo’lardilar. Agar raqobatga erishilsaydi, raqobat tarafdorlari kofirlar, munofiqlar ko’p ham juda ko’p bo’lganidan har qanday holda raqobatga tarafdor chiqib va qo’shilib, hammaga tarqatgan bo’lardilar. (Xuddi Islomiyatga qarshi har narsani tarqatganlaridek). Agar tarqatgan bo’lganlarida va raqobatga erishilgandaydi, har qanday holda (albatta) tarixlarga, kitoblarga dabdabali bir suratda kirgan bo’lardi. Mana butun tarixlar, kitoblar maydonda. Hech birida, Musaylimai Kazzobning bir necha jumlasidan boshqa, unday narsa yo’q. Holbuki, Qur`oni Hakiym yigirma uch yil davomida asablariga tegadigan va o’jarliklarini qo’zitadigan bir tarzda maydonga chaqirdi. Va der ediki:

"Shu Qur`onning, Muhammadul Amin singari bir ummiy odam orqali o’xshashini keltiring va ko’rsating.

Mayli, buni qilolmaysiz, u zot ummiy bo’lmasin, g’oyat katta olim va yozuvchi bo’lsin.

Mayli buni ham keltirolmaysiz, bitta zot bo’lmasin, butun olimlaringiz, adiblaringiz to’plansin, bir-biriga yordam bersin...  hatto siz ishongan ilohlaringiz sizga yordam bersin.

Mayli bular bilan ham qilolmaysiz, qadimdan beri yozilgan balog’atli asarlardan ham foydalanib, hatto kelajakdagilarni ham yordamga chaqirib, Qur`onning o’xshashini ko’rsating, yarating.

Mayli buni ham qilolmaysiz, Qur`onning jamini bo’lmasa-da, yolg’iz o’n surasining o’xshashini keltiring.

Аудио мавжуд эмас