mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 97
(1-103)

Mana shu tafakkuri arabiyning tarjimasi va mazmuni shudirki, ya`ni Qur`oni Mo’`jizul Bayonning olti jihati porloqdir va nuroniydir. Vahimalar va shubhalar ichiga kirolmaydi. Chunki orqasi Arshga tayanadi, u jihatda vahiy nuri bor. Oldida va ro’parasida ikki dunyo saodati bor. Abadiyatga, oxiratga qo’l uzatgan., jannat va saodat nuri bor. Ustida mo’`jizaviylik nishoni porlamoqda. Ostida hujjat va dalil ustunlari bor. Ichi xolis hidoyat. O’ngi اَفَلاَ يَعْقِلُونَ lar ila aqllarni "Sadaqta" deb so’ylatmoqda. So’lida qalblarga ruhiy zavqlar berish bilan vijdonlarni shohid qilib "Borakalloh" dedirgan Qur`oni Mo’`jizul-Bayonga qaysi tomondan, qaysi jihatdan vahima va shubhalarning o’g’rilari (josuslari) kira oladi!..

Ha, Qur`oni Mo’`jizul-Bayon: asrlari, mashrablari, maslaklari  xilma xil bo’lgan anbiyolarning, avliyolarning, muvahhidinlarning (ahli tavhidning) kitoblarining sirri ijmo`ini jam qilgan. Ya`ni butun o’sha ahli qalb va aql Qur`oni Hakiymning mujmal hukmlarini va asoslarini tasdiqlash suratida, ul asoslarni kitoblarida zikr qilib qabul etganlar. Demak ular Qur`on samoviy daraxtining shoxlari hukmidadirlar.

Ham Qur`on vahiyga tayanadi va vahiydir. Chunki Qur`onni nozil qilgan Zoti Zuljalol mo’`jizoti Ahmadiya (A.S.M.) bilan Qur`onning vahiy ekanini ko’rsatadi, isbot etadi. Va nozil bo’lgan Qur`on ham ustidagi mo’`jizaviyligi bilan Arshdan kelganini ko’rsatadi. Va munzali alayh (nozil qilingan zot) bo’lmish Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ilk vahiyda tashvishlangani va vahiy nozil bo’layotgan onda behush bo’lgani va har kimdan ziyoda Qur`onga nisbatan ixlos va hurmati ko’rsatadiki, Qur`on vahiy o’laroq azaldan kelmoqda. Unga mehmon bo’lmoqda.

Ham shu Qur`on, bilbadoha asil hidoyatdir. Chunki uning ziddi, bilmushohada kufrning zalolatidir. Ham, bizzarura Qur`on iymon nurlarining ma`danidir. Albatta iymoniy nurlarning aksi zulmatdir. Ko’p So’zlarda buni qat`iy o’laroq isbot qilganmiz.

Ham Qur`on, bilyaqiyn, haqiqatning majmuidir. Xayolot va xurofat ichiga kirolmas. U tashkil etgan haqiqatli Olami Islomiyat, u izhor qilgan asosli Shariat va u ko’rsatgan oliy kamolotning shahodati ko’ra, olami g’aybga oid bo’lgan bahslarida ham, olam shahodatdagi bahslari kabi, ayni haqiqat ekanini va ichida xilof yo’qligini isbot qiladi.

Ham bilayon va shubhasiz ikki dunyo saodatiga sazovor qiladi, insonni shunga chorlaydi. Kimning shubhasi bo’lsa bir marta Qur`onni o’qisin va tinglasin, nima demoqda.

Ham Qur`on bergan mevalar ham mukammaldir, ham hayotdordir. Unday bo’lsa, Qur`on daraxtining ildizi hayotdordir. Chunki mevaning hayotligi daraxtning hayotligiga dalolat etadi. Mana ko’r, har asrda qanchalab asfiyo va avliyolar kabi mukammal hayotdor va nuroniy mevalar bergan.

Аудио мавжуд эмас