mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 96
(1-103)

Ammo ustun va ko’pchilikdan iborat avvalgi mazhabga ko’ra ham o’sha ulamolar bayon qilgan fikrning shunday bir nozik jihati bordirki, Qur`oni Hakiymning jumlalari, kalimalari bir-biriga boqadi. Ba`zan bo’ladiki, bir kalima o’n yerga boqadi. Unda o’nta balog’at nuktasi, o’nta munosabat bo’ladi. Bamisoli Ishorotul-I`joz nomli tafsirda Fotihaning ba`zi jumlalari ichida va ذلِكَ الْكِتَابُ لاَ رَيْبَ فِيهِ {الم jumlalari ichida shu nuktalaridan ba`zi namunalarni ko’rsatamiz

Masalan, Naqshdor bir saroyda ko’p va xilma-xil toshlarning tuguni hukmidagi bir toshni butun naqshlarga boqadigan bir yerga joylashtirmoq, butun tananing mutanosibligini va ajib vazifasini va ko’zning ul vazifaga nisbatan olgan vaziyatini bilish bilan bo’ladi. Xuddi shuningdek, ahli haqiqatning juda ilg’orlagan bir qismi Qur`on kalimalarida juda ko’p mutanosibliklarni va boshqa oyatlarga, jumlalarga boqqan jihatlarni, aloqalarni ko’rsatganlar. Xususan ilmi huruf ulamolari ham ilg’orlab ketib, Qur`onning bir harfida bir sahifa qadar sirlarni ahliga bayon etib isbot etganlar. Ham modomiki Xoliqi Kulli Shayning kalomi ekan, har bir kalimasi qalb va urug’ hukmiga o’ta oladi. (Atrofida, sirlardan tashkil topgan bir ma`naviy jasadga qalb, bir ma`naviy daraxtga urug’ hukmiga o’ta oladi.) Mana insonning so’zlarida Qur`onning kalimalari kabi kalimalar, balki jumlalar, oyatlar bo’lishi mumkin. Faqat Qur`onda juda mutanosiblikni ko’rsatadigan bir tarz bilan joylashtirilgan yerda keng qamrovli bir ilm lozimki, o’shanday joy-joyiga o’rnashsin.

Uchinchi Nukta.

Qur`oni Mo’`jizul Bayonning xulosatul xulosasi bir ijmoli mohiyati uchun bir vaqt arabiy ibora ila haqiqiy bir tafakkurni Janobi Haq mening qalbimga ehson qilgandi. Hozir aynan o’sha tafakkurni Arabiy o’laroq yozamiz. So’ngra ma`nosini bayon etamiz. Mana:

سُبْحَانَ مَنْ شَهِدَ عَلَى وَحْدَانِيَّتِهِ وَصَرَّحَ بِاَوْصَافِ جَمَالِهِ وَجَلاَلِهِ وَكَمَالِهِ اَلْقُرْانُ الْحَكِيمُ الْمُنَوَّرُ جِهَاتُهُ السِّتُّ اَلْحَاوِى لِسِرِّ اِجْمَاعِ كُلِّ كُتُبِ اْلاَنْبِيَاءِ وَاْلاَوْلِيَاءِ وَالْمُوَحِّدِينَ الْمُخْتَلِفِينَ فِى اْلاَعْصَارِ وَالْمَشَارِبِ وَالْمَسَالِكِ الْمُتَّفِقِينَ بِقُلُوبِهِمْ وَعُقُولِهِمْ عَلَى تَصْدِيقِ اَسَاسَاتِ الْقُرْانِ وَكُلِّيَّاتِ اَحْكَامِهِ عَلَى وَجْهِ اْلاِجْمَالِ وَهُوَ مَحْضُ الْوَحْىِ بِاِجْمَاعِ الْمُنْزِلِ وَالْمُنْزَلِ وَالْمُنْزَلِ عَلَيْهِ وَعَيْنُ الْهِدَايَةِ بِالْبَدَاهَةِ وَمَعْدَنُ اَنْوَارِ اْلاِيمَانِ بِالضَّرُورَةِ وَمَجْمَعُ الْحَقَائِقِ بِالْيَقِينِ وَمُوصِلٌ اِلَى السَّعَادَةِ بِالْعَيَانِ وَذُو اْلاَثْمَارِ الْكَامِلِينَ بِالْمُشَاهَدَةِ وَمَقْبُولُ الْمَلَكِ وَاْلاِنْسِ وَالْجَانِّ بِالْحَدْسِ الصَّادِقِ مِنْ تَفَارِيقِ اْلاَمَارَاتِ

وَالْمُؤَيَّدُ بِالدَّلاَئِلِ الْعَقْلِيَّةِ بِاِتِّفَاقِ الْعُقَلاَءِ الْكَامِلِينَ وَالْمُصَدَّقُ مِنْ جِهَةِ الْفِطْرَةِ السَّلِيمَةِ بِشَهَادَةِ اِطْمِئْنَانِ الْوِجْدَانِ وَالْمُعْجِزَةُ اْلاَبَدِيَّةُ الْبَاقِى وَجْهُ اِعْجَازِهِ عَلَى مَرِّ الزَّمَانِ بِالْمُشَاهَدَةِ وَالْمُنْبَسِطُ دَائِرَةُ اِرْشَادِهِ مِنَ اْلَمَلاِ اْلاَعْلَى اِلَى مَكْتَبِ الصِّبْيَانِ يَسْتَفِيدُ مِنْ عَيْنِ دَرْسٍ اَلْمَلئِكَةُ مَعَ الصَّبِيِّنَ وَ كَذَا هُوَ ذُو الْبَصَرِ الْمُطْلَقِ يَرَى اْلاَشْيَاءَ بِكَمَالِ الْوُضُوحِ وَالظُّهُورِ وَيُحِيطُ بِهَا وَيُقَلِّبُ الْعَالَمَ فِى يَدِهِ وَيُعَرِّفُهُ لَنَا كَمَا يُقَلِّبُ صَانِعُ السَّاعَةِ السَّاعَةَ فِى كَفِّهِ وَيُعَرِّفُهَا لِلنَّاسِ فَهذَا الْقُرْآنُ الْعَظِيمُ الشَّانِ هُوَ الَّذِى يَقُولُ مُكَرَّرًا اَللّهُ لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ: فَاعْلَمْ اَنَّهُ لاَ اِلهَ اِلاَّ اللّهُ

Аудио мавжуд эмас