mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 98
(1-103)

Ham hadsiz va xilma xil alomatlardan kelib chiqqan bir ishonch va qanoatga ko’ra, Qur`on ham ins, ham jin, ham maloikaning maqbuli va marg’ubidirki, u o’qilgan vaqt, ular ishtiyoq ila parvona kabi atrofida to’planadilar.

Ham Qur`on vahiy bo’lishi bilan birga aqliy dalillar bilan quvvatlangan va mustahkamlangan. Ha komil aql sohiblarining bunga ittifoqi bunga shohiddir.  Boshda ilmi kalom ulamolarining allomalari va Ibni Sino, Ibni Rushd kabi falsafaning dohiylari ittifoqan Qur`oniy asoslarni, usullari bilan, dalillari bilan isbot etganlar.

Ham Qur`on fitrati salima* (sof vijdonlar) tarafidan tasdiqlangan. Agar bir g’araz va bir marazi bo’lmasa, har bir fitrati salima (sof vijdon) Uni tasdiqlaydi. Chunki vijdon xotirjamligi va qalb istirohati Uning nurlari bilan bo’ladi. Demak fitrati salima, vijdon xotirjamligining shahodatiga ko’ra, Uni tasdiqlaydi. Ha fitrat o’z holati bilan Qur`onga deydi: "Fitratimizning kamoli sensiz bo’lmas!" Shu haqiqatni ko’p joylarda isbot etganmiz.

Ham Qur_on, bilmushohada va bilbadoha, abadiy va doimiy bir mo’`jizadir. Har vaqt mo’`jizavorligini ko’rsatadi. Boshqa mo’`jizalar kabi so’nmaydi, vaqti bitmaydi, abadiydir.

Ham Qur`oning irshod martabasida shunday bir kenglik borki, bir dona darsida Hazrati Jabroil (A.S.) bir norasida go’dak bilan bir safda u darsni tinglaydi, hissalarini oladilar. Va Ibni Sinodek eng dohiy faylasuf eng omi bir ahli qiroat bilan bir qatorda ayni darsni o’qiydilar, darslarini oladilar. Hatto ba`zan bo’ladiki, u omi odam iymon quvvati va sofligi jihatidan Ibni Sinodan yanada ziyoda istifoda qiladi.

Ham Qur`onning ichida shunday bir ko’z borki, butun koinotni ko’radi, ihota qiladi va bir kitobning sahifalari kabi koinotni ko’z o’ngida tutadi, tabaqalarini va olamlarini bayon qiladi. Bir soatning san`atkori qanday soatini burasa, ochsa, ko’rsatsa, bildirsa, Qur`on ham qo’lida koinotni tutib shunday qiladi. Mana shunday bir Qur`oni Azimushshondirki, فَاعْلَمْ اَنَّهُ لاَ اِلهَ اِلاَّ اللّهُ deydi, vahdoniyatni e`lon etadi.

اَللّهُمَّ اجْعَلِ الْقُرْآنَ لَنَا فِى الدُّنْيَا قَرِينَا وَ فِى الْقَبْرِ مُونِسًا وَ فِى الْقِيَامَةِ شَفِيعًا وَ عَلَى الصِّرَاطِ نُورًا وَ مِنَ النَّارِ سِتْرًا وَ حِجَابًا وَ فِى الْجَنَّةِ رَفِيقًا وَ اِلَى الْخَيْرَاتِ كُلِّهَا دَلِيلاً وَ اِمَامًا

اَللّهُمَّ نَوِّرْ قُلُوبَنَا وَ قُبُورَنَا بِنُورِ اْلاِيمَانِ وَ الْقُرْآنِ وَ نَوِّرْ بُرْهَانَ الْقُرْآنِ بِحَقِّ وَ بِحُرْمَةِ مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْقُرْآنُ عَلَيْهِ وَ عَلَى آلِهِ الصَّلاَةُ وَ السَّلاَمُ مِنَ الرَّحْمنِ الْحَنَّانِ آمِينَ

 

Аудио мавжуд эмас