mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 101
(1-103)

* Oltinchi Asos: Ham U (malak, jin va insoning sayyidi bo’lgan) zot shu koinot daraxtining eng munavvar va mukammal mevasi va rahmati Ilohiyaning timsoli va muhabbati Rabboniyaning misoli va Haqning eng munavvar hujjati va haqiqatning eng porloq chirog’i va koinot tilsimining kaliti va xilqat muammosining kashshofi va olam hikmatining sharhlovchisi va Ilohiy saltanatning dalloli va Rabboniy san`at go’zalliklarining vasf etuvchisi va jamlangan iste`dodi jihatidan U zot mavjdotdagi kamolning eng mukammal namunasidir. Shunday ekan, U zotning shu vasflari va ma`naviy shaxsiyati ishora qiladi, balki ko’rsatadiki: U zot koinotning illati-g’oyasidir. Ya`ni, Ul zotni shu koinotning Xoliqi ko’rgan, so’ng koinotni yaratgan. Agar Uni ijod qilmasaydi, koinotni ham ijod qilmasdi desa bo’ladi. Ha, jin va insonga keltirgan Qur`on haqiqatlari va iymon nurlari va zotida ko’ringan oliy axloqi va yuksak kamoloti, shu haqiqatga qat`iy shohiddir.

* Yettinchi Asos: Hamda, Ul Haqning hujjati va haqiqat chirog’i shunday bir din va shariatni ko’rsatganki, ikki jahonning saodatini ta`minlaydigan jamlangan dasturdir. Va jam bo’lish bilan birga, koinotning haqiqatlarini va vazifalarini va Xoliqi koinotning ismlarini va sifatlarini kamoli haqqoniyat ila bayon etgan. Mana shu Islomiyat va Shariat shunday bir tarzda qamrovli va mukammaldir va shunday bir suratda koinotni o’zi bilan birga ta`riflaydiki, Uning mohiyatiga diqqat qilgan odam albatta anglaydiki:

Ul Din -  bu go’zal koinotni yaratgan Zotning shu koinotni o’zi bilan birga ta`riflovchi bir bayonnomasidir va bir ta`rifnomasidir. Bamisoli bir saroyning ustasi u saroyga munosib ta`rifnoma yozadi. O’zini vasflari ila ko’rsatish uchun bir ta`rifnomani qalamga oladi. Xuddi shuning kabi, Din va Shariati Muhammadiyada (A.S.M.) shunday bir qamrov, bir oliylik, bir haqqoniyat ko’rinmoqdaki, koinotni yaratgan va tadbir qilganning qalamidan chiqqanini ko’rsatadi. Va u koinotni go’zal tarzda nizomga solgan kim bo’lsa, shu dinni go’zal tarzda nizomga solgan yana Udir. Ha ul mukammal nizom albatta go’zal bir nazmni talab qiladi.

* Sakkizinchi Asos: Shu mazkur sifatlar ila sifatlangan va har jihatdan tebranmas quvvatli tayanch nuqtalariga tayangan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalom shahodat olamiga yuzlangan holda g’ayb olami nomidan jin va insning boshlari ustida e`lon etib, kelajakda keladigan asrlar orqasida turgan qavmlarga va millatlarga xitob qilib shunday bir nido qiladiki, umum jin va insga, umum yerlarga, umum asrlarga eshittiradi. Ha, eshitmoqdamiz!..

* To’qqizinchi Asos: Ham shunday yuksak, quvvatli xitob qilmoqdaki, butun asrlar Uni tinlaydi, aksi sadosini har bir asr eshitmoqda.

Аудио мавжуд эмас