mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 102
(1-103)

* O’ninchi Asos: Ham U zotning hayot faoliyatida ko’rinadiki, ko’rgan va o’shanday xabar bergan. Chunki eng tahlikali vaqtlarda kamoli matonat ila taraddutsiz, ikkilanmay gapiradi. Ba`zan, yakka boshi bilan dunyoga qarshi turgan...

* O’n birinchi Asos: Ham butun quvvati bilan shunday quvvatli da`vat qilib chaqirdiki, yarim yerni va bashariyatning beshdan birini chaqirig’iga javoban "Labbayk!" dedirdi, سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا deb ayttirdi.

* O’n ikkinchi Asos: Ham shunday bir jiddiyat bilan da`vat va shunday asosli bir suratda tarbiya etadiki, dasturlarini asrlarning jabhasida va qit`alarning toshlarida naqsh qilib bitmoqda va zamonlarning yuzlarida poydor (barqaror) qilmoqda.

* O’n uchinchi Asos: Ham tablig’ qilgan (yetkazgan) hukmlarning sog’lomligiga shunday bir vusuq va ishonch bilan ularni so’ylamoqda va da`vat etmoqdaki, butun dunyo to’plansa, Uni bir fikridan qaytarib, pushaymon yedirolmaydi. Bunga shohid butun tarixi hayoti va yuksak siyratidir.

* O’n to’rtinchi Asos: Ham shunday bir iymon ila bir ishonch ila da`vat etar, tablig’ etarki, hech kimsadan minnat olmas...  Hech bir mushkullik oldida ikkilanmay, taraddutsiz, kamoli samimiyat ila va xolislik bilan va har kimdan avval o’zi amal qilib qabul etib, keltirgan ahkomlarini e`lon etadi. Bunga shohid esa, har kimga, do’st va dushmanga ma`lum bo’lgan mashhur zuhdi va istig’nosi va dunyoning foniy ziynatlariga tanazzul etmaganidir.

* O’n beshinchi Asos: Ham keltirgan diniga har kimdan ziyoda itoati va Xoliqiga nisbatan har kimdan ziyoda ibodati va ta`qiqlangan narsalarga nisbatan har kimdan ziyoda taqvosi qat`iyan ko’rsatadiki, U Azal va Abad Sultonining muballig’idir, elchisidir. Va U Ma`budi Bilhaqning eng xolis bandasidir va kamomi Azaliyning tarjimonidir.

Shu o’n besh adad asoslarning natijasi shudirki: Mazkur vasflar ila vasflangan shu Zot butun quvvati ila, butun hayotida takror-takror va davomli ravishda فَاعْلَمْ اَنَّهُ لاَ اِلهَ اِلاَّ اللّهُ deydi, vahdoniyatni e`lon etadi.         اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَيْهِ وَ عَلَى آلِهِ عَدَدَ حَسَنَاتِ اُمَّتِهِ

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

 

 

 

 

 

 

Аудио мавжуд эмас