mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 100
(1-103)

* Uchinchi Asos: Ham Ul ochiq mo’`jizalar sohibi bo’lgan vahdoniyat dalloli va abadiy saodatning xushxabarchisi o’z muborak zotida shunday oliy axloq va risolat vazifasida shunday yuksak shijoat va tablig’ qilayotgan shariat va dinida shunday buyuk hislatlar bordirki, eng ashaddiy dushman ham Uni tasdiqlamoqda, inkorga majol (bahona) topolmayotir. Modomiki zotida va vazifasida va dinida eng yuksak va go’zal axloqlari va eng oliy va mukammal xulqlari va eng qiymatdor va maqbul hislatlari bor ekan, albatta U zot mavjudotdagi kamolotning va oliy axloqning misoli va mumassili va timsoli va ustodidir. Shunday ekan, zotidagi va vazifasidagi va dinidagi shu kamoloti uning haqqoniyatiga va to’g’riligiga shu qadar quvvatli bir suyanch nuqtasidirki, hech bir jihatda tebranmaydi.

* To’rtinchi Asos: Ham kamolotning ma`dani (manbai) va oliy axloqlarning muallimi bo’lgan Ul vahdoniyat va saodatning dalloli o’z o’zidan gapirmaydi, balki gapirtirilmoqda. Ha, Xoliqi Koinot tarafidan gapirtirilmoqda. Ustodi Azaliydan dars oladi, so’ngra dars beradi. Chunki sobiq ishoralarda qisman bayon etilgan minglab payg’ambarlik dalillariga ko’ra, Xoliqi koinot barcha ul mo’`jizalarni Uning qo’lida xalq etish bilan ko’rsatdiki: U Uning hisobidan so’zlamoqda, Uning kalomini tablig’ etmoqda (yetkazmoqda). Ham Unga kelgan Qur`on esa, ichidagi va tashidagi qirqta mo’`jizaviylik jihati ila ko’rsatadiki: U Janobi Haqning tarjimonidir. Ham U o’z zotida butun ixlosi ila va taqvosi ila va jiddiyati ila va rostgo’yligi ila va boshqa butun ahvol va atvori ila ko’rsatadiki, U o’z nomidan, o’z fikridan gapirmayapti, balki Xoliqi nomidan gapirmoqda. Ham Uni tinglagan butun ahli haqiqat kashf va tahqiq ila tasdiqlaganlar va ilmal-yaqiyn imon keltirganlarki: U (o’z) o’zidan gapirmayapti, balki Xoliqi koinot Uni gapirtirmoqda, dars bermoqda, U orqali dars bermoqda. Shunday ekan, Uning sidq va haqqoniyati bu to’rt g’oyat quvvatli asoslarning ijmoiga tayanadi.

* Beshinchi Asos: Hamda, Kalomi Azaliyning ul tarjimoni arvohlarni ko’radi, maloikalar bilan suhbat qiladi, jin va insni ham irshod qiladi. Nafaqat ins va jin olami, balki olami Arvoh va olami Maloikadan ham yuksakda dars oladi. Va ular ortidagilar bilan munosabati bor va ma`lumoti bor. Yuqoridagi mo’`jizalari va tavotur ila qat`iy hayot mojarolari shu haqiqatni isbotlaganlar. Shunday ekan, kohinlar va boshqa g’oibdan xabar beruvchilar kabi Uning xabarlariga nafaqat jin, nafaqat arvoh, nafaqat maloika, balki Jabroildan boshqa "muqarrabin" maloikalar ham aralasholmaydi. Hatto aksariyat vaqtlarda Uning do’sti bo’lmish Hazrati Jabroil ham orqada qolardi.

Аудио мавжуд эмас