mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 103
(1-103)

Ilohiy bir ikrom va Rabboniy bir inoyat asari.

 

وَ اَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ mazmuniga muvofiq bo’lish niyatida deymiz: Shu risolani yozish bilan Janobi Haqning bir inoyat asarini va rahmatini zikr qilamiz. Toki, shu risolani o’qiganlar ahamiyat bilan qarasinlar.

Xullas, shu risolani yozish hech qalbimda yo’q edi. Chunki risolati Ahmadiyaga (A.S.M.) doir O’ttiz birinchi va O’n to’qqizinchi So’zlar yozilgandi. Birdaniga shu risolani yozishga majburlagan bir xotira qalbimga keldi. Ham xotiram musibatlar natijasida so’ngandi. Ham mashrabimda, yozgan asarlarimda naql qilish tarzi bilan ("qola-qila" suratida) ketmagandim. Ham yonimda hadis kitoblari va siyar kitoblari yo’q. Binobarin "Tavakkaltu Alalloh" deb boshladim. Shunday bir muvaffaqiyat bo’ldiki, Eski Saidning xotirasidan ziyoda xotiram yordam berdi. Har ikki-uch soatda sur`at bilan o’ttiz-qirq sahifa yozildi. Bir soatda o’n besh sahifa yozilardi. Aksariyati Buxoriy, Muslim, Bayhaqiy, Termiziy, Shifoi Sharif, Abu Nuaym, Tabariy kabi kitoblardan naql etilardi. Holbuki bu naqlda xato bo’lsa -  hadis bo’lmagani uchun -  gunoh bo’lib qolishidan qalbim titrardi. Biroq anglashildiki, inoyat bor va shu risolaga ehtiyoj bor. Inshoalloh, sahih bir suratda yozildi. Shoyat ba`zi hadis lafzlarida va yohud roviylarning ismida bir yanglishlik topilsa, tashih qilib, meni ma`zur tutishlarini birodarlarimdan umid qilaman.

Said Nursiy.

 

Ha, biz ilk nushani yozardik. Ustozimiz esa aytib turardi. Yonida hech qanday kitob yo’q edi. Hech murojaat ham qilmasdi. Birin ketin g’oyat tez aytardi, biz esa yozardik. Ikki-uch soatda o’ttiz-qirq, undan ham ko’p sahifa yozardik. Biz qanoat hosil qildikki, bu muvaffaqiyat mo’`jizoti Nabaviyaning bir karomatidir.

Doimiy xizmatida bo’lgan: Abdulloh Chovush

Xizmatkorlari va ilk nusxa kotibi: Sulaymon Somi.

Ilk nusxa kotibi va oxirat qardoshi: Hofiz Xolid.

Ilk nusxa va tuzatishda kotibi: Hofiz Tavfiq.

*  *  *

 

Аудио мавжуд эмас