mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 99
(1-103)

O’N TO’QQIZINCHI NUKTALI ISHORA.

Sobiq ishoralarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Janobi Haqning rasuli ekanligi g’oyat qat`iy va shubhasiz bir suratda isbot etildi. Demak, risolati minglab qat`iy dalillar bilan sobit bo’lgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalom vahdoniyati Ilohiyaning va saodati abadiyaning eng porloq bir dalili va eng qat`iy hujjatidir. Biz bu ishorada ul mushriq, porloq dalilga va notiqi sodiq hujjatga xulosatul xulosa bir ijmol bilan qisqa bir ta`rif beramiz. Chunki, modomiki ul zot dalil ekan va natijasi ma`rifati Ilohiya ekan, albatta dalilni tanimoq va dalolat qilgan jihatini bilmoq lozim. Shunday ekan, biz ham g’oyat muxtasar xulosa ila dalolat qilgan jihatini va sofligini bayon etamiz. Shundayki:

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom shu koinotning mavjudoti kabi, Xoliqi koinotning mavjudligiga va birligiga o’z zoti dalolat qilgani kabi, u o’z zotiy dalillarini butun mavjudotning dalolatlari bilan birga tili bilan e`lon qilgan. Modomiki dalil ekan, biz Ul dalilning hujjat va istiqomatiga va sidq va haqqoniyatiga "O’n besh Asos"da ishora qilamiz.

* Birinchi Asos: Ham zoti bilan ham tili bilan ham holatining dalolati bilan ham so’zi bilan koinotning Soni`iga dalolat qilgan shu dalil: ham koinot haqiqatlari tomonidan tasdiqlangan ham sodiqdir. Chunki butun majudotning vahdoniyatga dalolatlari, albatta vahdoniyatni so’ylagan Zotni tasdiqlash hukmida bo’ladi. Demak so’ylagan da`vosi ham umum koinot tarafidan tasdiqlangan. Ham, u bayon qilgan mutlaq kamol bo’lmish vahdoniyati Ilohiya va mutlaq xayr bo’lmish saodati abadiya butun haqoiqi olamning husn va kamoliga muvofiq va mutobiq (mos) bo’lganidan, U o’z da`vosida albatta sodiqdir. (haqdir) Demak, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom vahdoniyati Ilohiyaga (Allohning birligiga) va saodati abadiyaga bir burhoni notiqi sodiq va musaddaqdir.

* Ikkinchi Asos: Ham U dalili sodiq va musaddaq, modomiki umum anbiyoning ustida minglab mo’`jizalar va nash etilmagan bir shariat va umum jin va insga shomil (tegishli) bir da`vat sohibi bo’lganidan, albatta umum anbiyoning raisidir. Shunday ekan, umum anbiyoning mo’`jizalarining sirini va ittifoqlarini o’zida jamlagandir. Demak butun anbiyolarning ijmo quvvati va mo’`jizalarining shahodati Uning sidq va haqqoniyatiga bir tayanch nuqtasini tashkil qiladi. Ham Uning tarbiyasi va irshodi va nuri Shariati ila kamol topgan butun avliyo va asfiyolarning sultoni va ustodidir. Shunday ekan, ularning karomat sirlarini va ijmokorona (hamjihatlikdagi) tasdiqlarini va tahqiqlarining quvvatini o’zida jamlagandir. Chunki ular ustodlari ochgan va eshikni ochiq qoldirgan yo’lda ketganlar, haqiqatni topganlar. Shunday ekan, ularning butun karomatlari va tahqiqotlari va ijmolari Ul muqaddas ustodlarining sidq va haqqoniyati uchun bir tayanch nuqtasi ta`min etadi. Ham Ul vahdoniyat hujjati, sobiq ishoralarda ko’rilgani kabi, shu qadar qat`iy, yaqiyniy va ochiq mo’`jizalari va xoriqo irhosotlari va shubhasiz payg’ambarlik dalillari bor va ul Zotni shundayin tasdiq etmoqdaki, koinot to’plansa ularning tasdig’ini yo’qqa chiqarolmas...

Аудио мавжуд эмас