mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 95
(1-103)

Mayli o’n surasiga yarasha haqiqiy to’g’ri bo’lgan o’xshashini ko’rsatolmaysiz, mayli hikoyalardan, aslsiz qissalardan yig’ib qilingiz. Yolg’iz nazmiga va balog’atiga o’xshasa bas, keltiring.

Mayli buni ham qilolmaysiz,  birgina surasining o’xshashini keltiring.

Mayli sura uzun bo’lmasin, qisqa bir sura bo’lsa-da o’xshashini keltiring.

Yo’qsa din, jon, mol, oilangiz dunyoda ham, oxiratda ham tahlikaga tushadilar!"

Xullas, sakkiz tabaqada, ilzom suratida, Qur`oni Hakiym yigirma uch yilda emas, balki ming uch yuz sanada butun ins va jinni maydonga chaqirgan va chaqirmoqda. Holbuki avvalgi zamonda ul kofirlar jon, mol va oilasini tahlikaga solib eng dahshatli yo’l bo’lgan jang yo’lini ixtiyor qilib, eng qulay va eng qisqa bo’lgan raqobat yo’lini tark qildilar. Demak raqobat yo’li mumkin emasdi...  

Hech bir oqil, xususan o’sha zamonda Jaziratul-Arabdagi odamlar, xususan Qurayshiylar kabi zakiy odamlar, birgina adiblari Qur`onning bir surasiga o’xshashini yaratib Qur`onning hujumidan qutulishga erishishdek qisqa va qulay yo’lni tark etib, jon, mol, oilasini tahlikaga soluvchi eng mushkul yo’lga kirarmidi?

Alhosil: Mashhur Johiz deganidek: "Harflarla raqobat mumkin bo’lmadi, qilichlarla jangga majbur bo’ldilar... "

Agar deyilsa: Ba`zi muhaqqiq ulamolar deganlarki: "Qur`onning bir surasiga emas, bir oyatiga, hatto bittagina jumlasiga, hatto bitta kalimasiga raqobat qilib bo’lmas va bo’lmagan." Bu so’zlar mubolag’adek ko’rinadi va aql qabul etmaydi. Chunki insonning so’zlarida Qur`on jumlalariga o’xshash ko’p jumlalar bor. Bu so’zning siru hikmati nimada?

Aljavob: I`jozi Qur`onda ikki mazhab bor:

Aksariyatni tashkil qilgan va ustun bo’lgan mazhab udirki, Qur`ondagi latif balog’at va fazilatli ma`nolar inson iqtidoridan yuksakdadir, deydi.

Ikkinchi va zaif mazhab shunday deydi: Qur`onning bir surasiga raqobat qilishga insonning iqtidori yetarlidir. Ammo Janobi Haq mo’`jizai Ahmadiya o’laroq man qilgan. Masalan, bir odam oyoqqa tura oladi, biroq mo’`jiza asari o’laroq bir payg’ambar unga desaki: "Sen tura olmaysan!" u esa turolmasa, mo’`jiza bo’ladi. Shu zaif mazhab "Sarfa Mazhabi" deyiladi. Ya`ni Janobi Haq jin va insga man etganki, Qur`onning bir surasiga qarshi chiqmasin uchun. Agar man etmasaydi, jin va ins bir surasiga qarshi chiqardi." Mana shu mazhabga ko’ra, "Bir kalimasiga ham raqobat qilib bo’lmaydi" degan ulamolarning so’zlari haqiqatdir. Chunki, modomiki Janobi Haq i`joz uchun ularni man etgan ekan, raqobat uchun og’izlarini ocholmaydilar. Og’izlarini ochsalar-da, izni Ilohiy bo’lmaguncha kalimani chiqarolmaydilar.

Аудио мавжуд эмас