mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 92
(1-103)

Ham, Qur`onning Madinada nozil bo’lgan o’rtacha va uzun suralarining har bir sahifasida "Lafzulloh" juda badiiy bir tarzda takrorlangan. Ko’pi bilan yo besh, yo olti, yo yetti, yo sakkiz, yo to’qqiz, yo o’n bir adad takrorlanish bilan birga bir varaqning ikki yuzida va qarama-qarshi kelgan sahifada go’zal va ma`nodor bir adadlar munosabatini ko’rsatadi. (Izoh - 1,2,3,4)

----------------------

Izoh-1: Ham ahli zikr va munojotga nisbatan, Qur`onning ziynatli va qofiyali lafzi va fasohati, san`atli uslubi va nazarni o’ziga qaratuvchi balog’atning fazilati ko’p bo’lishi bilan birga, yuksak jiddiyatni va Ilohiy huzurni va xotirjamlikni beradi, halal bermaydi. Holbuki, u xildagi fasohatli fazilatlar va lafzdagi san`at va nazm va qofiya, jiddiyatni ketkazadi, nazokatni sezdirmaydi, huzurni buzadi, nazarni sochib yuboradi. Hatto, munojotning eng latifi, eng jiddiyi va eng yuksak nazmlisi va Misrning qattiq qahatchiligini daf bo’lishiga sabab bo’lgan Imomi Shofe`iyning mashhur bir munojotini ko’p marta o’qirdim. Ko’rdimki, nazmli, qofiyali bo’lgani uchun munojotning yuksak jiddiyatini buzardi. Sakkiz-to’qqiz yildan beri doim o’qib yuraman. Ammo, haqiqiy jiddiyatni undagi qofiya va nazm bilan birlashtirolmadim. Shundan angladimki, Qur`onning xos, fitriy, mumtoz bo’lgan qofiyalarida nazm va xususiyatlarida bir navi mo’`jizaviylik borki, haqiqiy jiddiyatni va tom huzurni saqlab qolgan, buzmagan. Xullas, munojot va zikr ahllari bu navdaagi mo’`jizaviylikni aqlan fahmlamasa-da, qalban his qiladi.

Izoh-2: Qur`oni Mo’`jizul-Bayonning ma`naviy bir mo’`jizaviylik siri shudirki, Qur`on, Ismi A`zamga sazovor bo’lmish Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning juda buyuk va juda porloq darajai iymonini ifodalab ko’rsatadi. Ham muqaddas bir xarita kabi, olami oxiratning va olami rububiyatning yuksak haqiqatlarini bayon etgan, g’oyat buyuk va keng va oliy bo’lgan haq dinning yuksak martabasini fitriy bir tarzda ifodlaydi, dars beradi. Ham koinot Xoliqining, Umum Mavjudotning Rabbi jihatida, hadsiz izzat va hashamati bilan qilgan xitobini ifodalaydi.

Albatta bu suratdagi Furqoniy ifodaga va bu tarzdagi Qur`oniy bayonga qarshi قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ اْلاِنْسُ وَاْلجِنُّ عَلَى اَنْ يَاْتُوا ِبمِثْلِ هذَا اْلقُرْآنِ لاَ يَاْتُونَ ِبمِثْلِهِ siriga ko’ra, barcha insoniy aqllar birlashib, bir butun aql bo’lsalar ham, qarshi kelolmaydilar, tortisholmaydilar.  اَيْنَ الثَّرَا مِنَ الثُّرَيَّا Chunki shu uch asos nuqtai nazarida, qat`iyan taqlid qilish mumkin emasdir va tenglashtirib bo’lmas!

Аудио мавжуд эмас