mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 89
(1-103)

Ham kohinlar va g’oibdan xabar beruvchilar tabaqasiga nisbatan, xoriquloda g’aybiy xabarlardagi mo’`jizaviyligini ko’rsatadi.

Va ahli tarix va olam hodisalari o’rganuvchi olimlar tabaqasiga nisbatan, Qur`ondagi xabarlar va o’tgan ummat bilan bo’lgan hodisalar va istiqboldagi va barzoxdagi va oxiratdagi ahvol va voqealar, uning mo’`jizaviyligini ko’rsatadi.

Va ijtimoiy soha olimlari va ahli siyosat tabaqasiga nisbatan, Qur`onning muqaddas dasturlari, mo’`jizaviylikni ko’rsatadi. Ha, u Qur`ondan chiqqan Shariati Kubro, mo’`javiylikning ul sirini ko’rsatadi.

Ham maorifi Ilohiya va haqoiqi kavniyaga sho’ng’igan tabaqaga nisbatan, Qur`ndagi muqaddas Ilohiy haqiqatlardagi mo’`jizaviylikni ko’rsatadi va yo mo’`jizaning mavjudligini ixsos etadi.

Ham tariqat va valoyat ahliga nisbatan, Qur`on bir dengiz kabi doimo tamavvujda mavj urishda bo’lgan oyatlarining sirlaridagi mo’`jizasini ko’rsatadi va hokazo...  Qirq tabaqadan har tabaqaga qaragan bir deraza ochadi, mo’`jizaviyligini ko’rsatadi.

Hatto, yolg’iz qulog’i bor bo’lgan va oz bir daraja ma`no fahmlay olgan avom tabaqasiga nisbatan, Qur`onning o’qilishi boshqa kitoblarga o’xshamasligini, quloq sohibi tasdiq etadi.

Va u omi deydiki: "Yo bu Qur`on biz tinglagan barcha kitoblardan pastda bo’lishi kerak, bunday deb hech bir dushman aytolmaydi, ham yuz daraja maholdir. Unday bo’lsa, eshitgan butun kitoblardan ustundir. Bunday bo’lsa, mo’`jzadir." Mana shu quloqli omining fahmlagan mo’`jizasi, unga yordam uchun bir daraja izohlaymiz. Shundayki:

Qur`oni Mo’`jizul-Bayon maydonga chiqqan vaqt butun olamni maydonga chaqirdi va insonlarda ikki shiddatli hisni uyg’ontirdi.

Birinchisi: Do’stlarida taqlid hissini, ya`ni sevikli Qur`onning uslubiga o’xshatmoqlik orzusi va uningdek so’zlamoq hissi...

Ikkinchisi: Dushmanlarda bir tanqid va muoraza (tortishish) hissi, ya`ni Qur`on uslubiga qarshi chiqish bilan mo’`jizalik davosini sindirmoq hissi...

Mana shu ikki shiddatli his bilan millionlab arabiy kitoblar yozilgan, maydondadir. Hozir bu barcha kitoblarning eng balig’lari, eng fasihlari Qur`on bilan birga o’qilgan vaqt, har kim tinglasa, qat`iyan deydiki, "Qur`on bularning hech biriga o’xshamaydi." Demak Qur`on barcha bu kitoblarning darajasida emasdir. Unday bo’lsa, har holda, Qur`on yo barchasidan pastda bo’ladi, bu esa yuz daraja mahol bo’lishi bilan birga, hech kimsa, hatto shayton ham bunday deyolmas. (Izoh) Shunday ekan, Qur`oni Mo’`jizul-Bayon yozilgan umum kitoblardan yuksakdadir.

----------------------

Izoh: Yigirma oltinchi Maktubning ahamiyatli Birinchi Mabhasi, shu jumlaning hoshiyasi va izohidir.

----------------------

Аудио мавжуд эмас