mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 91
(1-103)

Hofiz Usmon xati bilan va bosmasi bilan bo’lgan Qur`oni Mo’`jizul-Bayonning yozilgan kalimalari bir-biriga qaraydi (tushadi; to’g’rima-to’g’ri) Masalan surai Kahfda: وَثَامِنُهُمْ كَلْبُهُمْ kalimasi, ostidagi varaqlar teshib ko’rilsa, surai Fotirdagi قِطْمِيرٍ kalimasi, oz bir qiyalik bilan ko’rinadi va u itning ismi ham anglashiladi. Va surai Yosinda ikki karra مُحْضَرُونَ  bir-biri ustiga; Vassaffotdagi مُحْضَرِينَ va مُحْضَرُونَ ham bir-biriga, ham ularga qaraydi; biri teshilsa, boshqalari oz bir farq bilan ko’rinadi. Masalan surai Sab`aning oxiridagi va surai Fotirning avvalidagi ikki مَثْنَى bir-biriga qaraydi. Butun Qur`onda yolg’iz uch مَثْنَى dan ikkisi bir-biriga qarashi tasodif emas. Va bularning misollari juda ko’pdir. Hatto bir kalima, besh-olti yerda varaqlar orqasida, oz bir farq bilan bir-biriga qaraydilar. Va Qur`onning bir-biriga qaragan ikki sahifasida, bir-biriga o’xshagan jumlalari qizil qalam bilan yozilgan bir Qur`onni men ko’rdim...  O’sha vaqt, "Shu vaziyat ham, bir navi mo’`jizaning alomatidir," degandim. Yanada keyinroq ko’rdimki, Qur`onning mutaaddit varaqlari orqasida bir-biriga qaragan ko’p jumlalari bor bo’lib, ma`nodor bir suratda bir-biriga qaraydi. Chunonchi, Qur`on tartibi, irshodi Nabaviy ila, nashr va chop qilingan Qur`onlar ham ilhomi Ilohiy bilan bo’lganidan, Qur`oni Hakiymning naqshida va u holida, bir navi mo’`jizalik alomatiga ishora bor. Chunki, u vaziyat na tasodifning ishi va na inson fikrining mahsulidir. Faqat, ba`zi yerlarda ustma-ust tushmaslik borki, u ham bo’lsa matbuotning nuqsonidir. Tom muntazam bo’lsaydi, kalimalar tom bir-biri ustigan tushardi.

Аудио мавжуд эмас