mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 87
(1-103)

O’N YETTINCHI ISHORA.

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning Qur`ondan so’ngra eng buyuk mo’`jizasi, o’z zotidir. Ya`ni, Unda jam bo’lgan oliy axloqdirki, har bir xislatda eng yuksak tabaqada bo’lganini do’st va dushman barobar tasdiqlaydilar. Hatto shijoat qahramoni Hazrati Ali ko’p marta derdi: "Jang dahshatli tus olganda, biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning orqasiga iltijo ila o’tib, panoh topardik." Va hokazo, butun axloqi hamidada eng yuksak va yetib bo’lmas bir darajaga molik edi. Shu buyuk mo’`jizani "Allomai Mag’rib" Qozi Iyozning "Shifoi Sharif" asariga havola qilamiz. Alhaq, u zot axloqi hamda mo’`jizasini juda go’zal bayon qilib isbotlagan.

Ham juda buyuk va do’st va dushman tasdiqlagan bir mo’`jizai Ahmadiya (A.S.M.), buyuk shariatidirki, na misli bo’lgan, na endi bo’ladi. Shu mo’`jizai A`zamning bir daraja bayonini, butun yozilgan O’ttiz uch So’z va O’ttiz uch Maktubga va O’ttiz bir Yog’duga va O’n uch shu`laga havola qilamiz...  

Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning mutavotir va qat`iy bir mo’`jizai kubrosi, "Shaqqi Qamar"dir. Ha, oyning ikkiga bo’linishi, ko’p tariqlar ila mutavotir bir suratda, Ibni Mas`ud, Ibni Abbos, Ibni Umar, Imomi Ali, Anas, Huzayfa kabi juda ko’p sahobalarning buyuklaridan xilma-xil tariqlar ila xabar berish bilan birga, nassi Qur`onga ko’ra اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ oyati, u buyuk mo’`jizani olamga e`lon qilgandir. U zamonning qaysar quraysh mushriklari shu oyatning bergan xabariga inkor bilan qarshilamaganlar, balki, yolg’iz "sehrdir!" deganlar. Demak kofirlarning fikricha ham, oyning bo’linishi qat`iydir. Shu mo’`jizai kubroni oyning ikkiga bo’linishiga doir yozilgan "Shaqqi Qamar" risolasiga havola qilamiz.

Ham Rasuli Arom Alayhissalotu Vassalom yer aholisiga oyning ikkiga bo’linishi mo’`jizasini qanday ko’rsatgan bo’lsa, shunindek samovot aholisiga Me`roj mo’`jizai akbarini ko’rsatgan. Xullas, me`roj deyilgan shu azim mo’`jizani O’ttiz birinchi So’z bo’lmish Me`roj risolasiga havola qilamiz. Chunki, u risola, ul mo’`jizai kubroni, naqadar nuroniy va oliy va to’g’ri ekanini qat`iy dalillar ila, hatto dinsizlarga ham isbolab bergan. Faqat, mo’`jizai me`rojning muqaddimasi bo’lmish Baytul Muqaddasga sayohati va tongdan Quraysh qavmi Undan Baytul Muqaddasning ta`riflab berishini talab qilishlari bilan hosil bo’lgan bir mo’`jizadan bahs qilamiz. Shundayki:

Me`roj kechasining tongida Me`rojini Qurayshliklarga xabar berdi. Qurayshliklar yolg’onda aybladi. Dedilar: "Agar Baytul Muqaddasga borgan bo’lsang, Baytul Muqaddasning eshiklarini va devorlarini va ahvolini bizga ta`riflab ber!" Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qildiki:

فَكَرَبْتُ كَرْبًا لَمْ اَكْرُبْ مِثْلَهُ قَطُّ فَجَلّىَ اللّهُ لِى بَيْتَ الْمَقْدِسِ وَكَشَفَ الْحُجُبَ بَيْنِى وَبَيْنَهُ حَتّىَ رَاَيْتُهُ فَنَعَتُّهُ وَ اَنَا اَنْظُرُ اِلَيْهِ

Ya`ni, "Ularning e`tirozlaridan va savollaridan juda ko’p siqildim. Hatto, bunday bir siqilishni hech chekmagandim. Birdan Janobi Haq Baytul Muqaddasni menga ko’rsatdi. Men ham Baytul Muqaddasga qarab, birma-bir har narsani ta`riflab berdim." Ana o’sha vaqt Qurayshliklar ko’rdilarki, Baytul Muqaddasdan to’g’ri va to’liq xabar bermoqda...

Аудио мавжуд эмас