mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 83
(1-103)

* Ham yana, Hazrati Usmonning qarindoshlaridan Sa`d ibni binti Kurayz, Kohinlik vositasi bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning nubuvvatini g’oibdan xabar olgan. Islomiyatning ilk davrida Hazrati Usmon Zinnuraynga deganki: "Sen borib iymon keltir!" Usmon ilk hayotida borgan, iymon keltirgan. Mana shu voqeani Sa`d bir she`r bilan shunday ifodalaydi:

هَدَى اللّهُ عُثْمَانًا بِقَوْلِى اِلَى الَّتِى بِهَا رُشْدُهُ وَ اللّهُ يَهْدِى اِلَى الْحَقِّ

Ham kohinlar singari, "Xotif" deb atalgan, shaxsi ko’rinmaydigan, biroq tovushi eshitiladigan jinlar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kelishini ko’p karra xabar berganlar. Azjumla:

* Zayyob ibnul-Xorisga xotif-jin shunday baqirib, bizlarni iymonga keltirgan:

يَا ذَيَابُ يَا ذَيَابُ يَا ذَيَابُ اِسْمَعِ الْعَجَبَ الْعُجَابَ

بُعِثَ مُحَمَّدٌ بِالْكِتَابِ يَدْعُو بِمَكَّةَ فَلاَ يُجَابُ

Yana bir xotif-jin, Somia Ibn-i Karrot-ul Gatafoniga shunday baqirib, ayrimlarini iymonga keltirgan: جَاءَ الْحَقُّ فَسَطَعَ وَ دُمِّرَ بَاطِلٌ فَانْقَمَعَ

Bu xotiflarning bashoratlari va bergan xabarlari juda mashhurdir va ko’pdir.

Hamda, kohinlar va xotiflar xabar berishi bilan birga, xuddi ular kabi, sanamlar ham, sanamlar uchun so’yilgan qurbonliklar ham, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning risolatini xabar berganlar. Azjumla:

* Mashhur qissa bordirki, Mozan qabilasining sanami baqirib degan: هذَا النَّبِىُّ الْمُرْسَلُ جَاءَ بِالْحَقِّ الْمُنْزَلِ deya, risolati Ahmadiyani (A.S.M.) xabar bergan.

* Ham yana, Abbos ibni Mardosning Islomiyatga kirishiga sabab bo’lgan mashhur bir voqea shudirki: uning Dimor ismli bir sanami bor edi. O’sha sanam bir kuni shunday tovush chiqargan: اَوْدَى ضَمَارُ وَكَانَ يُعْبَدُ مُدَّةً قَبْلَ الْبَيَانِ مِنَ النَّبِىِّ مُحَمَّدٍ Ya`ni, "Muhammad kelmasidan avval menga ibodat etilardi, endi Muhammadning bayoni keldi, qayta u zalolat bo’lmaydi!"

Аудио мавжуд эмас