mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 80
(1-103)

Savol: Agar desang: "Nima uchun Hazrati Iso Alayhissalom har nabiydan ziyoda xushxabar bermoqda. Boshqalar yolg’iz xabar beradilar, xushxabar surati esa oz?"

Aljavob: Chunki, Ahmad Alayhissalotu Vassalom Iso Alayhissalomni yahudiylarning mudhish inkoridan va mudhish bo’htonidan kutqarish bilan birga...  Iso Alayhissalomni tanimagan Bani Isroilning og’ir shariatiga muqobil, qulay va jomiy hamda ahkom jihatidan shariati Isaviyaning nuqsonini takomillashtiruvchi oliy bir shariatga sohibdir. Mana shuning uchun, ko’p marta "Olamning raisi keladi!" deya mujda beradi.

Xullas, Tavrot, Injil, Zabur va anbiyolarning boshqa sahifalarida katta ahamiyatla, oxirda keladigan bir payg’ambardan bahslar bo’lgan ko’p oyatlar bor. Chunonchi, bir qism namunalarini ko’rsatdik, ham ko’p nomlar ila u kitoblarda zikr qilingan. Ajabo, barcha bu anbiyolarning kitoblarida bu qadar ahamiyatla, qayta-qayta oyatlarda bahs yuritgan oxirzamon payambari Hazrati Muhammad Alayhissalotu Vassalomdan boshqa kim bo’lishi mumkin?.. 

Ikkinchi qism.

Irhosotda va daloili nubuvvatdan maqsad shuki, Bi`sati Ahmadiyadan avval, zamoni fetratda kohinlar, ham u zamonning bir daraja avliyo va orifi-billoh bo’lmish ba`zi insonlari, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni kelishini xabar berganlar va bu xabarlarini tarqatganlar, she`rlari orqali kelajak asrlarga qoldirganlar. Ular ko’pdir. Biz siyar va tarix ahli naql va qabul qilgan mashhur va keng tarqalgan bir qismini zikr qilamiz. Azjumla:

* Yaman podishohlaridan Tubbo` ismli bir malik (podshoh) Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning vasfini eski kitoblarda ko’rgan va iymon keltirgan. Shunday bir she`rini e`lon qilgan.

شَهِدْتُ عَلَى اَحْمَدَ اَنَّهُ رَسُولٌ مِنَ اللّهِ بَارِى النَّسَمِ

فَلَوْ مُدَّ عُمْرِى اِلَى عُمْرِهِ لَكُنْتُ وَزِيرًا لَهُ وَابْنَ عَمٍّ

Ya`ni, "Men Ahmadning(A.S.M.) risolatini tasdiqlayman. Men Uning zamoniga etsaydim, Unga vazir va amakivachcha bo’lardim." (Ya`ni, Ali kabi bo’lardim.)

* Ikkinchisi: Mashhur Quss ibni Saida bo’lib, Qavmi arabning eng mashhur va muhib xotibi va muvahhid (yagona Allohga e`tiqod qilgan) bir zoti ro’shan-zamirdir. (haqiqatlarini ko’rabilgan zotdir) Mana shu zot ham, bi`sati Nabaviydan avval risolati Ahmadiyani shu she`r bilan e`lon qiladi:

اَرْسَلَ فِينَا اَحْمَدَ خَيْرَ نَبِىٍّ قَدْ بُعِثَ { صَلّىَ عَلَيْهِ اللّهُ مَا عَجَّلَهُ رَكْبٌ وَ حُثَّ

Аудио мавжуд эмас