mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 77
(1-103)

* Mishoil nomi bilan atalgan Mixoil Payg’ambarning kitobining To’rtinchi Bobida shu oyat bor:

«Oxirzamonda bir ummati marhuma qoim bo’lib, Haqqa ibodat etish uchun  muborak bir tog’ni ixtiyor etadilar. Va har iqlimdan o’sha yerga ko’pgina xalqlar yig’ilib, Rabbi Vohidga ibodat etadilar; Unga shirk keltirmaydilar»

Mana shu oyat, ochiq bir suratda dunyoning eng muborak tog’i bo’lgan Jabali Arafat va o’sha yerga har iqlimdan kelgan hojilarning takbir va ibodatlarini va ummati marhuma nomi bilan shuhrat topgan ummati Muhammadiyyani ta`riflab beryapti.

* Zaburda, Yetmish Ikkinchi Bobida shunday oyat bor:

«Dengizdan dengizga molik va daryolardan yerning maqta` (cheti) va muntahosiga qadar molik bo’lgay. Va unga Yaman va Jazoir maliklari hadyalar yubargay. Va podshohlar unga sajda va bo’ysungay. Va hamisha unga salot va har kun unga barakot-la duo bo’lgay. Va nurlari Madinadan charaqlagay. Va zikri abadul obod davom etgay. Uning ismi, Oftobning vujudidan aval mavjuddir; uning nomi, Quyosh turguncha yoyilgay»

Mana shu oyat, g’oyat oshkora bir tarzda Faxri olam Alayhissalotu Vassalomni sifatlaydi. Ajabo, Hazrati Dovud Alayhissalomdan so’ngra Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalomdan boshqa qaysi nabi kelganki, sharqdan g’arbga qadar dinini nashr etgan va maliklarni jizyaga bog’lagan va podshohlarni o’ziga sajda etayotganday bo’ysundirgan va har kun bashariyatning beshdan birini salavot va duolarini o’ziga qozongan; va nurlari Madinadan porlagan kim bor? Kimni qo’rsatsa bo’ladi?

* Ham yana, Yuhanno Injilining O’n To’rtinchi Bob va o’ttizinchi oyati shunday:

«Siz bilan ko’p so’zlashmayman; zero bu olamning raisi keladi. Va menda Uning uchquni aslo yo’qdir!» Darvoqe, «Olamning Raisi U ta`biri «Faxri olam» deganidir. Faxri Olam unvoni bo’lsa, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu vassalomning eng mashhur unvonidir.

* Yana Injili Yuhanno, O’n oltinchi bob va yettinchi oyat shundaydir: «Ammo men sizga haqni so’ylayapman. Mening ketishim, sizga foydalidir. Zero, men ketmaguncha, tasallichi sizga kelmaydi».

Mana boqingiz! Raisi olam va insonlarga haqiqiy tasalli bergan, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalomdan boshqa kimdir? Ha, Faxri olam Udir va foniy insonlarni, abadiy yo’qlikdan qutqarib, tasalli bergan Udir.

* Ham yana, Injili Yuhanno, Un oltinchi Bob, sakkizinchi oyati: «U kelganda, dunyoni gunohga doir, salohiyatga doir va hukmga doir ilzom etadi».

Аудио мавжуд эмас