mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 78
(1-103)

Darvoqe, dunyoning fasodini salohiyatga aylantirgan va gunohlardan va shirkdan qutqargan va siyosat va dunyo hokimiyatini o’zgartirgan, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu vassalomdan boshqa kim kelgan?

* Ham yana, Injili Yuhanno, O’n oltinchi Bob, O’n birinchi oyat: "Zero bu olamning raisining kelishining hukmi kelgandir. Xullas, «Olamning Raisi» (Izoh) albatta Sayyidul Bashar bo’lmish Ahmadi Muhammad Alayhissalotu Vassalomdir.

-------------

(Izoh): Ha, u Zot shunday bir rais va sultondirki, ming uch yuz yilda va aksariyat asrlardan har bir asrda, laoqal uch yuz ellik million tobelari va raiyyati bor. Kamoli taslim va inqiyod ila amrlariga itoat etadilar. Har kun Unga salom berish ila bay`atini yangilab turadilar.

-------------

Ham injili Yuhanno, O’n ikkinchi bob va o’n uchinchi oyat:

«Ammo, u haq ruhi kelganda, sizni tamoman haqiqatga boshlaydi. Zero o’zidan gapirmaydi; tanoman eshitganini so’ylaydi, kelajak narsalardan sizga xabar beradi».

Mana shu oyat ochiq-ravshandir. Ajabo, barcha insonlarni birdan haqiqatga da`vat etgan va har xabarini vahiydan olgan va Jabroildan eshitganini so’ylagan va qiyomat va oxiratdan tafsiloti bilan xabar bergan, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalomdan boshqa kimdir? Va kim bo’lishi mumkin?

Hamda, anbiyolarning kitoblarida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning Muhammad, Ahmad, Muxtor ma`nosidagi Suryoniy va Ibroniy ismlari bor. Chunonchi, Hazrati Shuaybning sahifalaridagi ismi, Muhammad ma`nosidagi Musheffax dir.  Tavrotda esa, yana Muhammad ma`nosidagi Munxamenna, ham Nabiyyul Haram ma`nosidagi Ximyata. Zaburda Al-Muxtor ismi bilan ataladi. Yana Tavrotda: Al-Xotamul Xotam , hamda Tavrot va Zaburda Mukim-us Sunna. Ham Suhufi Ibrohim va Tavrotda: Mazmazdir. Ham Tavrotda Axyeddir.

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom

اِسْمِى فِى الْقُرْآنِ مُحَمَّدٌ وَفِى اْلاِنْجِيلِ اَحْمَدُ وَفِى التَّوْراةِ اَحْيَدُ

deya marhamat qilgandir.

Аудио мавжуд эмас