mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 81
(1-103)

* Uchinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ajdodlaridan bo’lmish Ka`b ibni Luayy nubuvvvati Ahmadiyani (A.S.M.) ilhom asari o’laroq shunday e`lon qilgan:

عَلَى غَفْلَةٍ يَاْتِى النَّبِىُّ مُحَمَّدٌ فَيُخْبِرُ اَخْبَارًا صَدُوقًا خَبِيرُهَا

Ya`ni, "Kutilmaganda, Muhammadun-Nabiy keladi, to’g’ri xabarlarni beradi."

* To’rtinchisi: Yaman podishohlaridan Sayf ibni Ziyazan sobiq kitoblarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning vasfini ko’rgan, iymon keltirgan, mushtoq bo’lgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning bobosi Abdulmuttalib, Yamanga Quraysh karvoni bilan ketayotganda, Sayf ibni Ziyazan ularni chaqirgan. Ularga deganki:

اِذَا وُلِدَ بِتِهَامَةَ وَلَدٌ بَيْنَ كَتْفَيْهِ شَامَةٌ كَانَتْ لَهُ اْلاِمَامَةُ وَاِنَّكَ يَا عَبْدَ الْمُطَّلِبِ لَجَدُّهُ

Ya`ni, "Hijozda bir bola dunyoga keladi. Uning ikki elkasi o’rtasita xotam kabi bir nishon bo’ladi. Ana o’sha bola umum insonlarga imom bo’ladi!" So’ngra, yashirincha Abdulmuttalibni chaqirgan, "U bolaning bobosi esa sensan" deya karomatkorona, bi`satdan avval xabar bergan.

* Beshinchisi: Varaqa ibni Navfal (Hadichai Kubroning amakivachchalaridan)dir. Ilk vahiy tushganda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom havotirda qolgandi. Hadichai Kubro ul hodisani, mashhur Varaqa ibni Navfalga hikoya qilgan. Varaqa degan: "Uni menga yubor." Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Varaqaning yoniga borgan, ilk vahiydagi vaziyatni hikoya qilgan. Varaqa degan:

بَشِّرْ يَا مُحَمَّدُ اِنِّى اَشْهَدُ اَنَّكَ اَنْتَ النَّبِىُّ الْمُنْتَظَرُ وَبَشَّرَ بِكَ عِيسَى

Ya`ni, "Havotirlanma, u holat vahiydir. Senga xushxabar! Intizor bo’lib kutilgan nabiy sensan! Iso sen haqingda xushxabar bergan!"

* Oltinchisi: Asqalonil-Himyariy ismli orifi billoh, bi`satdan avval Qurayshiylarni ko’rgan vaqti, "Ichingizda payg’ambarlik da`vo qilgan bormi?" derdi. "Yo’q" deyishardi. So’ngra, bi`sat davrida yana so’ragan. "Ha," - deganlar,   -   "Bittasi payg’ambarlikni da`vo qilmoqda." ... Degan: "Ana o’sha Zotni olam kutmoqda."

* Yettinchisi: Nomdor nasaro ulamolaridan Ibnul-Alo, bi`satdan va payg’ambarni ko’rmasdan avval xabar bergan. Keyinroq kelganda Hazrati Payg’ambar Alayhisalotu Vassalomni ko’rgan va degan:

وَالَّذِى بَعَثَكَ بِالْحَقِّ لَقَدْ وَجَدْتُ صِفَتَكَ فِى اْلاِنْجِيلِ وَبَشَّرَ بِكَ ابْنُ الْبَتُولِ

Ya`ni," "Men seni sifatingni Injilda ko’rib iymon keltirdim. Ibni Mar`yam Injilda sening kelishingni xushxabarini bergan."

Аудио мавжуд эмас