mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 43
(1-103)

O’N BIRINCHI ISHORA.

Ma`lumki, o’ninchi ishora daraxt toifasi bilan taalluqli mo’`jizai Nabaviyani ko’rsatdi. O’n birinchi ishora esa, jonsiz tog’u tosh toifasi ham, mo’`jizai Nabaviyani ko’rsatganlariga ishora qiladi. Hozir biz ham, juda ko’p misollaridan yetti sakkiz misolni zikr qilib o’tamiz.

* Birinchi Misol: Allomai Mag’rib Hazrati Iyoz "Shifoi Sharif"ida oliy bir hujjat bilan va Buxoriy sohibi kabi muhim imomlardan sahih naql ila xabar beradilarki, xodimi Nabaviy bo’lmish Hazrati ibni Mas`ud deydiki: "Biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yonida ovqatlanayotganimizda, taomning tasbehlarini eshitib turardik."

* Ikkinchi Misol: Sahih naqlga ko’ra, Anas va Abu Zarrdan sahih kitoblar xabar beradilarki, Hazrati Anas (xodimi Nabaviy) deganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yonida edik. Hovuchiga kichik toshlarni olgandi, muborak qo’lida tasbeh aytishni boshladilar. So’ngra, Abu Bakris-Siddiqnng qo’liga qo’ygandi, yana tasbeh aytdilar." Abu Zarr Gifariy silsilasi orqali deydiki: "So’ngra Hazrati Umarning qo’liga qo’ygandi, yana tasbeh aytdilar. So’ngra olib yerga qo’ygandi, jim bo’ldilar. So’ngra yana olib Hazrati Usmonning qo’liga qo’ygandi, yana tasbehga boshladilar." Hazrati Anas va Abu Zarr deydilarki: "So’ngra bizning qo’limizga qo’ygandi, jim bo’ldilar."

* Uchinchi Misol: Hazrati Ali va Hazrati Jobir va Hazrati Oishai Siddiqadan sahih naql ila sobitdirki, tog’u tosh Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga “Assalamu alayka yo Rasulullox” der yedilar.

Hazrati Ali silsilasida deydiki: "Payg’ambarlik kelgan ilk davrlarda Makka atroflarida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bilan birga kezgan chog’larimiz daraxt va toshga duch kelganimizda, ular “Assalamu alayka yo Rasulullox” der edilar."

Hazrati Jobir silsilasida deydiki: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom tosh va daraxtga duch kelganida, ular sajda qilardilar, Ya`ni bo’yin egib, “Assalamu alayka yo Rasulullox” der edilar." Jobirning bir rivoyatida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilgan:

 اِنِّى َلاَعْرِفُ حَجَرًا كَانَ يُسَلِّمُ عَلَىَّ. Ba`zilar deganlarki: "U Hajarul-Asvadga ishoradir. Hazrati Oisha silsilasida degan: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilgan:

لَمَّا اسْتَقْبَلَنِى جَبْرَائِيلُ بِالرِّسَالَةِ جَعَلْتُ لاَ اَمُرُّ بِحَجَرٍ وَلاَ شَجَرٍ اِلاَّ قَالَ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّهِ

Аудио мавжуд эмас