mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 40
(1-103)

O’NINCHI ISHORA.

Mazkur daraxtga oid mo’`jizlarni yanada ziyoda quvvatlagan va mutavotir bir suratda naql qilingan Xanin-ul Jiz mo’`jizasidir. Ha, masjidi sharifi Nabaviyda katta jamoat ichida quruq bir ustun Habibi Akromdan (A.S.M.) vaqtincha ayrilgani uchun ho’ngrab yig’lagani, biz bayon qilgan daraxtga oid mo’`jizalarning misollarini, ham tasdiqlaydi, ham quvvatlaydi. Chunki, u ham daraxtdir; jinsi birdir. Faqat, buning har bir misoli mutavotirdir. Avvalgi qismlarda esa, har bir turi mutavotir edi. Juzlari va misollari esa, ko’pi ochiq tavotur darajasiga chiqmaydi.

Ha, masjidi sharifda xurmo daraaxtidan qilingan quruq ustun bor bo’lib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom xutba o’qiyotganda unga suyanar edi. So’ngra minbari sharif qurilgan vaqt, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom minbarga chiqib xutba o’qishni boshladi. O’qiyotgandiki, birdan ustun tuya kabi o’kirib yig’ladi. Buni butun jamoat eshitdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom yoniga borib, qo’lini ustiga qo’ydi. U bilan gaplashib, tasalli berdi. Shundan keyingina to’xtadi. Shu mo’`jizai Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom, juda ko’p yo’nalishlar bilan kelib, tavotur darajasida naql etilgandir.

Ha, Xanin-ul Jiz mo’`jizasi juda keng yoyilgan va mashhur va haqiqiy mutavotirdir. Sahobalarning oliy bir jamoatidan o’n besh silsila orqali kelib, tobeinlarning yuzlab imomlari u mo’`jizani o’sha silsilalar orqali, keyingi asrlarga xabar berganlar. Sahobalarning o’sha jamoatidan sahoba ulamolarining nomdorlari va hadis rivoyatining raislaridan Hazrati Anas ibni Molik (xodimi Nabaviy), Hazrati Jobir bin Abdullohil-Ansoriy (xodimi Nabaviy), Hazrati Abdulloh ibni Umar, Hazrati Abdulloh bin Abbas, Hazrati Sahl bin Sa`d, Hazrati Abu Saidil-Hudriy, Hazrati Umar ibni Ka`b, Hazrati Burayda, Hazrati Ummul-Mu`minin Ummu Salama kabi mashhur sahoba ulamolari va hadis rivoyatining raislari kabi, har bir silsilaning boshida turib, ayni mo’`jizani ummatga xabar berganlar. Boshda Buxoriy, Muslim, sahih kitoblar, orqalaridagi asrlarga u mo’`jizai kubroni, o’z silsilalari orqali xabar berganlar.

* Jumladan, Hazrati Jobir tariqida deydiki: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Masjidi Sharifda xutba o’qiyotganda جِذْعُ  النَّخْلِ deb atalgan qurigan ustunga suyanib o’qirdi. Minbari Sharif qurilgandan so’ng, minbarga o’tgan vaqti, ustun chidayolmay homilador tuya kabi ovoz chiqarib, ingrab yig’ladi." Hazrati Anas silsilasida deydiki: "Qo’tos kabi yig’lab, masjidni larzaga keltirdi." Sahl ibni Sa`d silsilasida deydi: "Yana uning yig’isi ustiga, xaloyiqdan ko’pchilik ham yig’lay boshladi." Hazrati Ubay ibnil-Ka`b silsilasida deydi: "Yana shunday yig’ladiki, o’zi yorilib ketdi." Boshqa bir silsilada, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilib dedi: اِنَّ هذَا بَكَى لِمَا فَقَدَ مِنَ الذِّكْرِ Ya`ni, "Uning yig’lashi – unga suyanib o’qilgan zikr va xutbadagi zikri Ilohiydan ayrilgani uchundir." Boshqa bir silsilaga ko’ra, marhamat qilib degan:
 
لَوْ لَمْ اَلْتَزِمْهُ لَمْ يَزَلْ هكَذَا اِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ تَحَزُّنًا عَلَى رَسُولِ اللّهِ Ya`ni, "Men uni quchoqlab tasalli bermaganimda, Rasulillohdan ayrilganidan qiyomatga qadar shu holda yis’isi davom etardi."

Аудио мавжуд эмас