mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 38
(1-103)

* Ikkinchi bir rivoyatda, Yana Hazrati Jobir deydi: "Menga amr qildilarki,
 
يَا جَابِرُ قُلْ لِهذِهِ الشَّجَرَةِ يَقُولُ لَكِ رَسُولُ اللّهِ: اِلْحَقِى بِصَاحِبَتِكِ حَتّىَ اَجْلِسَ خَلْفَكُمَا  Ya`ni, "U daraxtlarga "Rasululloh hojati uchun birlashingiz!" deb ayt!" Men Shunday degandim, ular ham birlashdilar. So’ngra men kutib turgach, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom chiqib keldilar. Boshlari bilan o’ng so’lga ishora qilgandilar u ikki daraxt joylariga ketdilar."

* To’rtinchi Misol: Sahih rihoyatga ko’ra, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning jasur qo’mondonlaridan va xizmatkorlaridan bo’lgan Usoma bin Zayd deydiki: "Bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bilan birga edik. Qazoi hojat uchun xoli, pana bir joy topilmasdi. Mendan so’radilarki:
 
هَلْ تَرَى مِن نَخْلٍ اَوْ حِجَارَةٍ? Men dedim: Ha, bor." Amr qildilarki:
 
اِنْطَلِقْ وَقُلْ لَهُنَّ اِنَّ رَسُولَ اللّهِ يَاْمُرُكُنَّ اَنْ تَاْتِينَ لِمَخْرَجِ رَسُولِ اللّهِ وَقُلْ لِلْحِجَارَةِ مِثْلَ ذلِكَ

Ya`ni, "Daraxtlarga aytki, «Rasulullohning hojati uchun birlashingiz!» Va toshlarga ham aytki, «Devor bo’lib terilingiz!»" Men bordim va aytdim. Qasam ichamanki, daraxtlar birlashdilar va toshlar devor bo’ldilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom hojat ushatgach yana amr berdi: قُلْ لَهُنَّ يَفْتَرِقْنَ Mening nafsim qudrat qo’lida bo’lgan Zoti Zuljalolga qasam ichamanki, daraxtlar va toshlar ayrilib joylariga ketdilar.." Hazrati Jobir va Usoma bayon qilgan ushbu ikki hodisani, Ya`la ibni Murra va Gaylon ibni Salamatis-Sakofiy va Hazrati ibni Mas`ud, Hunayn G’azotida aynan shu tarzda xabar beradilar.

* Beshinchi Misol: Imomi ibni Farraq – kamoli ijtihodi va fazli tufayli, kinoya o’laroq, "Shofi`iyi Soniy" unvonini olgan allomai asr – qat`iy xabar beradiki: "Toif G’azotida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kechasi ot ustida ketayotganda uyqusi kelayotgan edi. O’sha holda bir sidra daraxtiga duch keldi. Daraxt unga yo’l berib, otini xurkitmaslik uchun yorilib ikkiga ajraldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom hayvon bilan ichidan o’tdi. To bizning zamonamizga qadar, o’sha daraxt ikki oyoq ustida ehtirom ko’rsatayotgan bir vaziyatda qoldi».

Аудио мавжуд эмас