mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 37
(1-103)

اَنْ تَشْهَدَ اَنْ لاَ اِلهَ اِلاَّ اللّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ وَاَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ deb marhamat qildilar Badaviy dediki: "Bu shahodatga daliling bormi?" Marhamat qildilarki:

  هذِهِ الشَّجَرَةُ السَّمُرَةُ "Vodiy chekkasidagi daraxt shohid bo’ladi." Ibni Umar deydiki: "U daraxt yeridan bir silkinib chiqqanda, tuprog’i yorilib ketdi. YUrib to Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yoniga keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom uch marta u daraxtdan shahodat keltirishni so’radi. Daraxt ham tasdiqlab shahodat keltirdi. Amr bergandilar, Yana o’z yeriga borib joylashdi.

Hazrati Burayda, Ibni Sohibil-Aslamiy silsilasida, sahih naql bilan, Burayda deydiki: Biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yonida edik. Bir safarda bir Arobiy uchradi. Bir oyat, Ya`ni mo’`jiza istadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qildi:

 قُلْ لِتِلْكَ الشَّجَرَةِ رَسُولُ اللّهِ يَدْعُوكِ Bir daraxtga ishora qildi. Daraxt o’ngga va so’lga egilib ildizlarini yerdan chiqardi va Payg’ambar huzuriga keldi. اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ يَارَسُولَ اللّهِ dedi. So’ngra Arobiy dedi: "Yana joyiga borsin." Amr bergandi, joyiga ketdi. Arobiy dedi: "Izn ber senga sajda qilay." Hech kimsaga izn yo’q" dedi. "Unday bo’lsa poyingni o’pay" degandi, izn berdi.

* Uchinchi Misol: Boshda "Sahihi Muslim", sahih kitoblar xabar beradilarki, Jobir deydi: "Biz bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bilan birga edik. Qazoi hojat uchun joy qidirdilar. Pana bir joy yo’q edi. So’ngra turgan ikki daraxt yoniga bordilar. Bir daraxtning shoxini ushlab tortdilar. Daraxt itoat qilib birga ketdi. Narigi daraxtning yoniga keltirdilar. Itoatli tuyaning jilovidan ushlab tortganda kelganidek, ul zot ikki daraxtni o’sha suratda yonlariga keltirdilar. So’ngra ularga qarab: اِلْتَئِمَا عَلَىَّ بِاِذْنِ اللّهِ Ya`ni, "Ustimda birlashingiz!" dedilar. Ikkovi birlashib pana bo’lib turdi. Orqalarida qazoi hojat qilgach ularga amr qilgandilar, joylariga ketdilar."

Аудио мавжуд эмас