mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 42
(1-103)

Aljavob: Ro’y bergan mo’`jizalar ikki qismdir. Bir qismi payg’ambarlikni tasdiq ettirish uchun bo’lib, Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalom qo’lida ko’rinadi. Quruq ustun shu xildan bo’lib, tamoman payg’ambarlikni tasdiq ettirish uchun bir hujjat o’laroq ro’y berganki, mo’`minlarning iymonini ziyodalashtirmoq va munofiqlarni ixlosga va iymonga chorlamoq va kofirlarni iymonga keltirmoq uchundir. Shuning uchun avomu xos har kim uni ko’rdi va uning yoyilishiga ko’proq g’ayrat qilindi. Biroq, taom va suvga oid mo’`jizalar esa, mo’`jizadan ko’ra ko’proq karomatdir. Balki karomatdan ko’ra ko’proq bir ikromdir, balki ikromdan ko’ra ko’proq ehtiyojga binoan berilgan ziyofati Rahmoniyadir. Shuning uchun, garchi payg’ambarlik da`vosiga dalil va mo’`jiza bo’lsa ham, biroq asl maqsad: qo’shin och qolganida, bamisoli bir danakdan bir botmon xurmoni chiqargani kabi, Janobi Haq g’ayb xazinasidan bir sa` taomdan ming odamga ziyofat beradi. Ham suvsiz qolgan mujohid bir qo’shinga Qo’mondoni A`zamning barmoqlaridan obi kavsardek suvni oqizib ichiradi.

Mana shu sir uchun, taom va suvga oid mo’`jizalarning har bir misoli quruq ustun mo’`jizasi darajasiga chiqmaydi. Biroq, u ikki mo’`jizaning jinslari va xillari, umum e`tiboriga ko’ra, qurigan ustun kabi mutavotir va ko’pdir. Ham taomning barakotini va barmoqlardan suv oqishini har kim ham ko’ravermaydi, faqat asarlarini ko’radi. Ustunning yig’lashini esa, har kim eshitadi. Shuning uchun ko’proq tarqagan.

Agar deyilsa: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning har holati va harakatini, sahobalar kamoli e`tibor bilan yodda saqlab naql qilganlar. Bunday azim mo’`jizalar yuz silsila orqali kelishi kerak edi, nima uchun o’n-yigirma silsila orqali kelgan? Hamda, nima uchun Hazrati Anas, Jobir va Abu Hurayradan ko’p keladi-yu, Hazrati Abu Bakr va Umar oz rivoyat qiladilar?

Aljavob: Birinchi qismining javobi, To’rtinchi Ishoraning Uchinchi Asosida aytib o’tilgan. Ikkinchi qismining javobi esa, shundayki, inson bir davoga muhtoj bo’lsa tabibga boradi; handasa (loyiha) uchun muhandisga boradi va muhandisdan naql qiladi; shar`iy masalada muftiydan ma`lumot olinadi va hokazo... Xuddi shuningdek, sahobalar ichida payg’ambar hadislarini kelajak asrlarga yetkazmoq uchun sahoba ulamolarining bir qismi, ma`nan u ishga vazifador edilar. Butun quvvatlari bilan shunga harakat qilardilar. Ha, Abu Hurayra butun hayotini hadisni yodda saqlashga bag’ishlagan. Hazrati Umar siyosat olami bilan va buyuk xalifalik ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Shuning uchun, hadislarni ummatga yetkazmoq uchun, Abu Hurayra va Anas va Jobir kabi zotlarga ishonganidan o’zi oz rivoyat qilardi. Ham modomiki, siddiq, saduq, sodiq va musaddaq bir sahobaning mashhur bir nomdori bir silsila orqali bir hodisani xabar bersa, Shuni o’zi yetadi, deyiladi. Boshqaning naqliga ehtiyoj ham qolmaydi. Shuning uchun ba`zi muhim hodisalar ikki-uch silsil orqali keladi.

 

Аудио мавжуд эмас