mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 31
(1-103)

SAKKIZINCHI ISHORA.

Ma`lumdirki, jamoatlar ichida sodir bo’lgan hodisalar bir kishi tomonidan rivoyat qilinganda jamoat e`tiroz bildirmasa, to’g’riligini ko’rsatadi. Chunki, inson fitratida yolg’onga "yolg’ondir" deyishga zotiy bir mayl bor. Xususan, har qavmdan ham ziyoda yolg’onga qarshi sukut etmas sahobalar o’rtasida bo’lgan bo’lsa, xususan hodisalar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga taalluqli bo’lsa va xususan naql qilgan zot mashhur sahobalardan bo’lsa, albatta ul xabari vohid sohibi o’sha hodisani ko’rgan jamoatning vakili sifatida rivoyat qiladi.

Holbuki, hozir biz bahs yuritadigan suvga oid mo’`jizalarning har bir misoli ko’p silsilalar bilan, ko’p sahobalarning qo’llaridan minglab tobein muhaqqiqlari qo’l uzatib olganlar, sof holida ikkinchi asr mujtahidlarining qo’llariga berganlar. Ular ham, kamoli jiddiylik bilan va hurmat bilan qo’l uzatib, qabul qilgach orqalaridagi asrning muhaqqiqlarining qo’llariga berganlar. Har bir tabaqa, minglab quvvatli qo’llardan o’tib, bora-bora to asrimizga yetib kelgan. Hamda, saodat asrida yozilgan hadis kitoblari sof holida uzatilib, to Buxoriy va Muslimdek ilmi hadisning dohiy imomlarining qo’llariga yetib kelgan. Ular ham kamoli tahqiq (diqqat) bilan martabalarga ajratib (saralab) sahihlikda shubhasiz bo’lganlarini jamlab, bizga dars berganlar, taqdim qilganlar.

  جَزَاهُمُ اللّهُ خَيْرًا كَثِيرًا

Chunonchi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning muborak barmoqlaridan suv oqishi va juda ko’p odamga ichirishi mutavotirdir. Shunday bir jamoat naql qilganki, yolg’onda ittifoq bo’lishlari maholdir. Shu mo’`jiza g’oyat qat`iydir. Ham uch marta, uch aziym jamoat guvohligida takrorlangan. Boshda Buxoriy, Muslim, Imomi Molik, Imomi Shuayb, Imomi Qatoda kabi juda ko’p ahli sahih bir jamoat, sahobalardan, boshda xodimi Nabaviy bo’lmish Hazrati Anas, Hazrati Jobir, Hazrati ibni Mas`ud kabi mashhur sahobalar jamoatidan, barmoqlaridan ko’plab suv oqishi va qo’shinga ichirishi, qat`iyan sahih tarzda uzatilib, bayon qilingandir. Bu navdagi suvga oid mo’`jizalarning juda ko’p misollaridan to’qqiz misolni bayon qilamiz.

* Birinchi Misol: Boshda Buxoriy, Muslim.., sahih kitoblar Hazrati Anasdan – sahih rivoyat ila – xabar beradilarki, Hazrati Anas deydi: «Zevra deb atalgan joyda uch yuzga qadar kishi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bilan birga edik. Asr namozi uchun tahorat olishni amr qildi. Suv topilmadi. Ozgina bo’lsa ham topishni so’radi., keldirdik. Muborak qo’llarini ichiga botirdi. Ko’rdimki, barmoqlaridan chashma kabi suv oqardi. So’ngra u bilan birga bo’lgan uch yuz odam keldi, hammalari tahorat oldilar va ichdilar.

Аудио мавжуд эмас