mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 24
(1-103)

Yana, bashorat qilib: هلاَكُ اُمَّتِى عَلَى يَدِ اُغَيْلِمَةٍ مِنْ قُرَيْشٍ deya, Umaviyaning Yazid va Valid kabi zolim raislarining fasodlarini xabar bergan.

* Yana, Yamoma kabi bir xil joylarda murtadlik (dindan chiqishlik) sodir bo’lishini xabar bergan.

* Yana, mashhur Handaq g’azotida (jangida) bashorat bergan:

 اِنَّ قُرَيْشًا وَاْلاَحْزَابَ لاَ يَغْزُونِى اَبَدًا وَاَنَا اَغْزُوهُمْ Ya`ni, "Bundan keyin ular menga emas, balki men ularga hujum qilaman!" deya xabar bergan, xabar berganidek chiqqan.

* Yana, sahih rivoyatga ko’ra, vafotidan bir-ikki oy avval bashorat qilib:

 اِنَّ عَبْدًا خُيِّرَ فَاخْتَارَ مَا عِنْدَ اللَّهِ deya vafotidan xabar bergan.

* Yana, Zayd ibni Suvaxon haqida bashorat qilib: يَسْبِقُ عُضْوٌ مِنْهُ اِلَى الْجَنَّةِ Zayddan avval bir a`zosi shahid etilishini xabar bergan. Bir qancha vaqtdan so’ngra, Nihavand jangida bir qo’li kesilgan. Dyemak, eng avval u qo’li shahid bo’lib, ma`nan Jannatga ketgan.

Xullas biz bahs yuritgan barcha G’aybiy ishlar mo’`jiza navlarining o’ndan bir qismidir. Shu turining o’ndan bir qismini ham so’ylamadik. Endi, shu qismi bilan birga Qur`onning mo’`jizaviyligiga doir Yigirma Beshinchi So’zda g’oyat keng g’aybiy xabarlar xilining to’rt xilini qisqacha bayon qilganmiz. Mana bu yerdagi xili bilan birga, Qur`onning tili bilan g’aybdan xabar berilgan o’sha to’rt xilini baravariga aqling va ko’zing oldiga keltir. Naqadar qat`iy, shubhasiz, porloq, quvvatli, kuchli bir payg’ambarlik dalilidirki, butunlay qalbi, aqli buzilmagan odam, albatta iymon keltiradiki: Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom, Xoliqi Kulli Shay va Allamul-g’uyub bo’lmish bir Zoti Zuljalolning rasulidir va xabarlarni Undan olgandir.

 

YETTINCHI NUKTALI ISHORA.

Mo’`jizoti Nabaviyaning taom barakoti xususidagi qismidan qat`iy va ma`nan mutavotir bo’lgan bir qancha misoliga ishora qilamiz. Bahsdan avval bir muqaddimaning zikri munosibdir.

 

Аудио мавжуд эмас