mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 20
(1-103)

* Yana, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, bashorat qilgan:

اِذَا مَشَوُا المُطَيْطَاءَ وَخَدَمَتْهُمْ بَنَاتُ فَارِسَ وَالرُّومِ رَدَّ اللّهُ بَأْسَهُمْ وَسَلَّطَ شِرَارَهُمْ عَلَى خِيَارِهِمْ

 Ya`ni, "Qay vaqt sizga Fors va Rum qizlari xizmat qilsa, o’sha vaqt balo va fitna ichingizga kiradi, urushlar unda orangizda bo’ladi. Yomonlaringiz boshga chiqib, xayrlilar va yaxshilaringizga hujum qiladi!" deya xabar bergan. O’ttiz yildan so’ngra xabar berganidek chiqqan.

* Yana, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, bashorat qilgan: وَتُفْتَحُ خَيْبَرُ عَلَى يَدَىْ عَلِىٍّ  Ya`ni, "Xaybar qal`asining fathi, Alining qo’li bilan bo’ladi," degan. Kutilmaganda, ikkinchi kun Payg’ambarimizning mo’`jizasi o’laroq Xaybar qal`asining darvozasini Hazrati Ali sug’urib qalqon o’rnida foydalangan. G’alabaga muvaffaq bo’lganlaridan so’ngra, darvozani yerga tashlagan. Sakkizta kuchli odam o’sha darvozani yerdan ko’tarolmagan. Boshqa bir rivoyatda qirqta odam ko’tarolmagan.

* Yana, bashorat qilib: لاَ تَقُومُ السَّاعَةُ حَتّىَ تَقْتَتِلَ فِئَتَانِ دَعْوَاهُمَا وَاحِدَةٌ deya Siffinda Hazrati Ali bilan Muoviyaning jangini xabar bergan.

* Yana, bashorat qilib: اِنَّ عَمَّارًا تَقْتُلُهُ الْفِئَةُ الْبَاغِيَةُ ya`ni, "Osiy bir toifa Ammorni qatl qiladi," degan. Keyinroq, Siffin jangida qatl qilindi. Hazrati Ali buni Muoviyaning tarafdorlari osiy ekanlariga hujjat qilib ko’rsatgan. Biroq, Muoviya qabul qilmadi. Amr ibnul-Os dedi: "Osiy faqatgina uning qotillaridir, hammamiz emas."

* Yana, bashorat qilgan: اِنَّ الْفِتَنَ لاَ تَظْهَرُ مَا دَامَ عُمَرُ حَيّاً ya`ni, "Hazrati Umar hayot ekan, ichingizda fitna bo’lmaydi!" deya xabar bergan va shunday bo’lgan.

* Yana, Ibni Amr hali iymonga kelmasdan avval asir tushgan. Hazrati Umar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga deganki: "Izn ber, men buni tishlarini to’kay. Chunki u fasohati bilan Quraysh kofirlarini bizga qarshi jangga tashviq qilyapti." Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilganki:
 
وَعَسَى اَنْ يَقُومَ مَقَامًا يَسُرُّكَ يَا عُمَرُ deya, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning vafoti chog’ida bo’lgan dahshat beruvchi va sabr qilish mushkul hodisa qarshisida, Hazrati Abu Bakris-Siddiq qandayin Madinai Munavvarada kamoli matonat ila har kimga tasalli berib muhim bir xutba bilan sahobalarga taskin bergan bo’lsa, aynan u kabi shu Suhayl ham, o’sha chog’da, Makkai Mukarramada, aynan Abu Bakris-Siddiq kabi sahobalarga taskin va tasalli berib, ma`lum fasohati bilan Abu Bakris-Siddiqning ayni o’sha xutbasining mazmunida bir nutq so’zlagan. Hatto ikkala xutbaning kalimalari bir-biriga o’xshaydi.

Аудио мавжуд эмас