*
رَأَيْتُ اُمَّتِى يَغْزُونَ فِى الْبَحْرِ كَالْمُلُوكِ عَلَى اْلاَسِرَّةِ Ummu Haram yolvorib degan: "Duo qiling, men ham ular bilan birga bo’lay." Farmon bergan: "Birga bo’lasan." Qirq yildan so’ngra, eri Uboda ibni Somit hamrohligida Qibris fathiga ketgan. Qibrisda vafot etib, mozori ziyoratgoh bo’lgan. Aynan xabar berganidek ro’yobga chiqqan.
*
يَخْرُجُ مِنْ ثَقِيفٍ كَذَّابٌ وَمُبِيرٌ Ya`ni, "Sakif qabilasidan bir kishi payg’ambarlikni da`vo qiladi va yana qonxo’r bir zolim chiqadi" deya, payg’ambarlik da`vo qilgan Muxtordan va yuz ming odamni o’ldirgan Hajjoji Zolimdan xabar bergan.
*
سَتُفْتَحُ الْقُسْطَنْطِنِيَّةُ فَنِعْمَ اْلاَمِيرُ اَمِيرُهَا وَنِعْمَ الْجَيْشُ جَيْشُهَا deya, Istambul Islom qo’li bilan fath etilishini va Hazrati Sulton Mahmad Fotihning yuksak bir martaba sohibi bo’lishini xabar bergan. Xabar berganidek ro’yobga chiqqan.
*
* Yana bashorat qilib:
عَالِمُ قُرَيْشٍ يَمْلَءُ طِبَاقَ اْلاَرْضِ عِلْمًا deya, Imomi Shofi`iga ishora qilib xabar beradi.
*
سَتَفْتَرِقُ اُمَّتِى ثَلاَثًا وَسَبْعِينَ فِرْقَةً اَلنَّاجِيَةُ وَاحِدَةٌ مِنْهَا. قِيلَ مَنْهُمْ? قَالَ مَا اَنَا عَلَيْهِ وَاَصْحَابِى
deya, ummatni yetmish uch firqaga bo’linib ketishini va ichida eng komil va najot topuvchi firqa – Ahli Sunnat va Jamoat ekanini xabar beradi.
* Yana bashorat qilib: اَلْقَدَرِيَّةُ مَجُوسُ هذِهِ اْلاُمَّةِ deya, ko’p sho’`balarga bo’linib ketgan va qadarni (taqdirga iymon ruknini) inkor etgan Qadariya toifasidan xabar bergan. Hamda, ko’p sho’`balarga bo’lingan Rofiziylardan xabar bergan.