Bunda yanglishmaslik uchun, har vaqt, insoniy mohiyati e`tibori ila eshitilgan oddiy sifatlari ichidan boshni ko’tarib, haqiqiy mohiyatiga va payg’ambarlik martabasida turgan nuroniy ma`naviy shaxsiyatiga boqmoq lozimdir. Yo’qsa, hurmatsizlik qiladi, yohud shubhaga tushadi. Bu sirni izohlaydigan shu misolni tingla.
Masalan, bir xurmo danagi bor. O’sha xurmo danagi tuproq ostiga kirib, ochilgach katta bir mevador daraxt bo’ldi. Hamda borgan sari kengaydi va kattalashdi. Va yoki tovus qushining bir tuxumi bor edi. O’sha tuxumga harorat berildi va bir tovus jo’jasi chiqdi. So’ngra tom mukammal, har tarafi qudratdan yozilgan va bezalgan bir tovus qushi bo’ldi. Hamda borgan sari o’sar va go’zallashardi. Endi o’sha danak va o’sha tuxumga oid sifatlar va holatlar bor. Ichida nozik moddalar bor. Hamda undan hosil bo’lgan daraxt va qushning ham o’sha danak va tuxumning oddiy kichik holat va vaziyatiga nisbatan buyuk va oliy sifatlari va holatlari bor. Endi o’sha danak va tuxumning sifatlarini daraxt va qushning sifatlariga bog’lab bahs qilganda shu narsa lozimdirki, har vaqt inson aqli boshini danakdan ko’tarib daraxtga boqsin va tuxumdan qushga ko’zini qaratib diqqat qilsin. Toki eshitgan sifatlarni uning aqli qabul qilolsin. Yo’qsa, "Bir dirham danakdan bir botmon xurmo oldim" va "Shu tuxum osmondagi barcha qushlarning sultonidir," desa, yolg’on deb inkor qilishga o’tadi.
Mana Shuning kabi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning insonlik jihati o’sha danakka, o’sha tuxumga o’xshaydi. Va payg’ambarlik vazifasi bilan porlagan mohiyati esa, Tubo daraxti kabi va Jannatning Humoyun qushi kabidir. Ham doimo takammuldadir. Shuning uchun, bozor ichida bir badaviy bilan nizolashgan ul Zotni o’ylanganda, Rafrafga minib, Jabroilni orqada qoldirib, Qobi Qavsaynga yelib ketgan Zoti nuroniysiga xayol ko’zini ko’tarib boqmoq lozim bo’ladi. Yo’qsa, yo hurmatsizlik bo’ladi va yo nafsi ammorasi ishonmaydi.