mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 8
(1-103)

Aljavob: Foydasi ko’pdir. Jumladan, bir foydasi shuki, an`ana ila, an`anada doxil bo’lgan ishonchli va hujjatli va sodiq ahli hadisning bir navi ijmosini (hamjihatligini) ko’rsatadi va ul sanadda doxil bo’lgan ahli tahqiqning bir navi ittifoqini ko’rsatadi. Go’yo, ul sanadda, ul an`anada doxil bo’lgan har bir imom, har bir alloma o’sha hadisning hukmiga imzosini qo’yadi, sofligiga doir muhrini bosadi.

Savol: Nima uchun mo’`jizaga oid hadislar boshqa zaruriy shariat ahkomlari kabi tavotur suratida, juda ko’p tariqlar (yo’nalishlar) bilan, juda ahamiyat bilan naql etilmagan?

Aljavob: Chunki, aksariyat shar`iy ahkomlarga ko’p insonlar doimo muhtojdir. Farzi ayn kabi, o’sha ahkomlarning har bir shaxsga aloqasi bor. Ammo mo’`jizalarga kelsak, har kimning har bir mo’`jizaga ehtiyoji yo’q. Agar ehtiyoj bo’lsa ham, bir marta eshitish kifoya bo’ladi. Xuddi farzi kifoya kabi bir qism insonlar ularni bilsa yetadi.

Mana Shuning uchun ba`zan bo’ladiki, bir mo’`jizaning mavjudligi va haqiqatligi bir hukmning mavjudligidan ko’ra o’n daraja qat`iy bo’lgani holda, uning roviysi (rivoyatchisi) bir-ikkita bo’lib, hukmning roviysi o’nta-yigirmata bo’ladi.

To’rtinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom istiqboldan xabar bergan ba`zi hodisalar, juz`iy bir hodisa emas, balki takrorlanib turadigan kulliy bir hodisadan juz`iy bir suratda xabar beradi. Holbuki, o’sha hodisaning bir qancha jihatlari bor bo’lib, har gal so’zlaganda bir jihatini bayon etadi. So’ngra hadisning roviysi o’sha jihatlarni birlashtirganida, voqega xilofdek ko’rinadi.

Masalan Hazrati Mahdiyga oid turli-tuman rivoyatlar bor. Tafsilot va tasvirotlari boshqa boshqadir. Holbuki, Yigirma to’rtinchi So’zning bir Novdasida isbotlanganidek, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom vahiyga tayanib, ham dahshatli hodisalarda umidsizlikka tushmaslik uchun, ham Islomiyat olamining nuroniy bir silsilasi bo’lmish Oli Baytiga ahli iymonni ma`nan bog’lamoq uchun Mahdiydan xabar berdi. Oxirzamonda keladigan Mahdiy kabi, har asrda Oli Baytdan bir navi mahdiy, balki mahdiylar chiqqan. Hatto Oli Baytdan sanalgan Abbosiya xalifalaridan Buyuk Mahdiyning ko’p sifatlari mujassam bo’lgan bir mahdiy chiqqan.

Xullas, Buyuk Mahdiydan avval kelgan o’xshashlari va namunalari bo’lgan mahdiy-misol xalifalar va mahdiy-misol avliyo qutblarining sifatlari asl Mahdiyning sifatlariga aralashgan va shuning uchun rivoyatlarda ixtiloflar bor.

Beshinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom
 
لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللّهُ  siriga ko’ra, o’z-o’zidan g’aybni bilmasdi, balki Janobi Haq (J.J.) unga bildirardi, so’ng u ham bildirardi. Janobi Haq ham Hakiymdir, ham Rahiymdir. Hikmat va rahmati esa, g’ayb ishlarining ko’pi yopiq qolishini taqozo qiladi, yashirin qolishini istaydi. Chunki, bu dunyoda insonga xush kelmaydigan narsalar juda ko’pdir. Yuz  berishidan avval ularni bilish alamlidir.

Аудио мавжуд эмас