mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 5
(1-103)

Shu ikkinchi qism ham ikki qismdir:

Biri, ma`naviy va Qur`oniydir. Ikkinchisi, moddiy va akvoniydir.

Shu ikkinchi qism ham ikki qismdir: Biri, ahli kufrning qaysarligini sindirmoq, va yohud ahli iymonning iymon quvvatini ziyodalashtirmoq uchun zohir bo’lgan g’aroyib mo’`jizalardir. Shaqqi qamar (oyni ikkiga bo’linishi) va barmog’idan suv oqishi va ozgina taom bilan ko’plarni to’ydirishi va hayvon va daraxt va toshning gapirishi kabi yigirma turdagi va har bir turi ma`naviy tavotur darajasida va har bir turining ham ko’p takrorlangan namunalari bordir. Ikkinchi qism, kelajakdan xabar bergan hodisalardirki, Janobi Haqning ta`limi bilan u ham xabar bergan, xabar berganidek to’g’ri chiqqandir. Xullas biz ham shu oxirgi qismdan boshlab qisqa bir mundarija ko’rsatamiz. (Hoshiya)

(Hoshiya): Afsuski niyat qilganimdek yoza olmadim. Ixtiyorsiz ravishda qanday qalbga kelsa, shunday yozildi. Shu taqqsimotdagi tartibga tamomiyla rioya qila olmadim.

TO’RTINCHI NUKTALI ISHORA:

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Allamul Youyubning ta`limi bilan xabar bergan g’aybiy ishlar had va hisobga sig’maydi. Qur`on mo’`jizalariga doir bo’lgan Yigirma beshinchi So’zda uning turlariga ishora qilganimizdan va bir daraja izoh va isbot etganimizdan, o’tgan zamonga doir va sobiq anbiyolarga doir va Ilohiy haqiqatlarga va borliq haqiqatlariga va oxirat haqiqatlariga doir g’aybiy xabarlarni Yigirma beshinchi So’zga havola etib, bu yerda bahs etmaymiz. Faqat o’zidan so’ngra sahobalar va Oli-Baytning boshiga keladigan va ummati kelajakda duch keladigan hodisalarga doir juda ko’p, ishonchli g’aybiy xabarlar qismidan ayrim bir necha misoliga ishora qilamiz. Va shu haqiqat anglashilishi uchun "Olti Asos"ni muqaddima o’laroq bayon etamiz.

Birinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning har bir holi va har bir atvori sidqiga va payg’ambarligiga shohid bo’la oladi. Biroq har bir holi, har bir atvori g’ayritabiiy bo’lishi shart emas. Chunki, Janobi Haq Uni inson suratida yuborgan, toki insonning ijtimoiy holatlarida, hamda dunyoviy, uxroviy saodatga erishtiradigan amal va harakatlarida rahbar bo’la olsin va imom bo’la olsin. Hamda har biri bittadan Ilohiy qudrat mo’`jizasi bo’lmish oddiy narsalar ichra g’aroyib bo’lgan Rabboniy san`atning va Ilohiy qudratning tasarrufini ko’rsata olsin. Agar butun faoliyati inson imkoniyatlaridan yuqori – g’ayritabiiy bo’lsaydi, o’zi namuna ko’rsatib imom bo’lolmasdi. Faoliyati bilan, holati bilan, atvori bilan dars berolmasdi. Faqat payg’ambarligini qaysar insonlarga isbotlash uchungina g’ayritabiiy ishlarga sazovor bo’lar va ehtiyojga ko’ra ora-sira mo’`jizalar ko’rsatardi. Lekin taklif siri bo’lmish imtihon va tajriba taqozosiga ko’ra, albatta oshkora darajada va istar-istamas tasdiqlashga majbur qoladigan darajada mo’`jiza bo’lmasdi. Chunki imtihon siri va taklifning hikmati shuni taqozo etadiki, aqlga eshik ochilsin, ammo aqlning ixtiyori olib qo’yilmasin. Agar g’oyat oshkor bir suratda bo’lsa, u vaqt aqlning ixtiyori qolmasdi; Abu Jahl ham Abu Bakr kabi tasdiqlardi; imtihon va taklifning foydasi qolmasdi; ko’mir bilan olmos bir saviyada qolardi.

Аудио мавжуд эмас