Mo’`jizoti Ahmadiya (A.S.M.)
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
بِسْمِ اللّهِ الرّحْمنِ الرّحِيمِ
هُوَ الَّذِى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ اْلحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَ كَفَى بِاللّهِ شَهِيدًا مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّهِ
(Risolati Ahmadiyaga (A.S.M.) doir O’n to’qqizinchi So’z bilan O’ttiz birinchi So’z Muhammad (A.S.M.)ning payg’ambarligini qat`iy dalillar bilan isbot etganlari uchun, isbot jihatini ularga havola etib, faqat ularga ilova tariqasida "O’n to’qqiz Nuktali Ishoralar" bilan bu ulkan haqiqatning ba`zi jilvalarini ko’rsatamiz.)
Birinchi Nuktali Ishora:
Shu koinotning Sohibi va Mutasarrifi albatta bilgan holda yaratadi va hikmat bilan tasarruf etadi va har tarafni ko’rgan holda idora qiladi va har narsani bilib, ko’rib tarbiya qiladi va har narsada ko’rinayotgan hikmatlarni, g’oyalarni, foydalarni iroda etgan holda jarayon ettiradi.
Modomiki yaratgan bilar ekan, albatta bilgan so’zlashadi.
Modomiki so’zlashar ekan, albatta ongli va fikrlovchi va so’zini anglaydiganlar bilan so’zlashadi.
Modomiki fikr sohiblari bilan so’zlashar ekan, albatta ong egalari ichida eng jamiyatli va Shuuri keng bo’lmish inson zoti bilan so’zlashadi.
Modomiki inson zoti bilan so’zlashar ekan, albatta insonlar ichida xitobga loyiq va mukammal insonlar bilan so’zlashadi.
Modomiki eng mukammal va iste`dodi eng yuksak va axloqi oliy va bashariyatga rahnamo bo’la oladiganlar bilan so’zlashar ekan, albatta, do’st va dushmanning mushtarak fikriga ko’ra, eng yuksak iste`dodda va eng oliy axloqda bo’lgan va bashariyatning beshdan biri Unga iqtido etgan va yer Yuzining yarmi uning ma`naviy hukmi ostiga kirgan va istiqbol U keltirgan nurning ziyosi ila ming uch Yuz yil davomida nurlangan va bashariyatning nuroniy qismi va ahli iymoni tomonidan, davomli suratda, kunda besh marta Unga sodiqlik qasamyodi takrorlanib, Unga rahmat va saodat duosi qilinib, Unga madh aytilgan va muhabbat ko’rsatilgan zot bilan, Ya`ni Muhammad Alayhissalotu Vassalom bilan so’zlashajak va so’zlashgan hamdir va rasul qilajak va qilgan hamdir va butun insoniyatga rahbar qilajak va qilgan hamdir.