Ham, modomiki inson tarixida payg’ambarlik bo’lgan ekan va Yuz minglab zot payg’ambarlikni da`vo qilib, mo’`jizalar ko’rsatib, kelib ketgan ekan, albatta bularning barchasidan ustun bir qat`iyat bilan nubuvvati Ahmadiya (A.S.M.) sobitdir. Chunki Iso Alayhissalom va Muso Alayhissalom kabi barcha payg’ambarlarni payg’ambar qilgan va risolatlariga sabab bo’lgan dalillar va sifatlar va vazifalar, hamda ummatlariga bo’lgan muomalalar, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomda Yanada mukammal, Yanada jamuljam bir suratda mavjuddir. Modomiki payg’ambarlikni tasdiqlovchi asos va sabab Zoti Ahmadiyda (A.S.M.) Yanada mukammal mavjud ekan, albatta payg’ambarlikni tasdiqlovchi hukm, umum anbiyoga nisbatan Yanada ochiq qat`iyyat bilan Unda sobitdir.
Uchinchi Nuktali Ishora.
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning mo’`jizalari juda xilma-xildir. Risolati umumiy bo’lgani uchun, koinotdagi aksariyat narsalar biron-bir mo’`jizaga sazovordir. Bamisoli shavkatli bir podshohning hurmatli bir yovari xilma-xil hadyalar bilan turli qavmlar jam bo’lib yashaydigan bir shaharga kelgan vaqt, xar bir toifa uning qarshisiga o’zlaridan bir vakil yuboradi, o’z toifasi nomidan unga "xush omadiy" deydi, uni olqishlaydi... Xuddi shuningdek, Azal va Abad Sultonining eng buyuk yovari bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom olamga tashrif buyurib va kurrai zamin aholisi bo’lmish insoniyatga elchi bo’lib kelishi va umum koinotning Xoliqi nomidan umum koinotning haqoiqiga aloqador bo’lgan haqiqat nurlarini va ma`naviy hadyalarni keltirgan bir zamonda, toshdan, suvdan, daraxtdan, hayvondan, insondan tortib, to oy, quyosh, yulduzlarga qadar har toifa o’zining maxsus tili bilan va mo’`jizalarni boshlarida tashimoq-la, Uning payg’ambarligini olqishlaganlar va "xush omadiy" deganlar.
Hozir u mo’`jizalarning hammasidan bahs etmoq uchun ko’plab jild kitob yozmoq kerak bo’ladi. Muhvqqiq Asfiyolar payg’ambarlik dalillarining tafsilotiga doir jildlab kitoblar yozganlar. Biz faqat qisqa ishoratlar tarzida, u mo’`jizalarning qat`iy va ma`naviy mutavotir bo’lgan umumiy navlariga ishora qilamiz.
Xullas, nubuvvati Ahmadiyyaning (A.S.M.) dalillari, avvalo ikki qismdir:
Biri, "Irhosot" deyilgan – payg’ambarliklaridan avval va tug’ilayotgan vaqtlarida Yuzaga kelgan g’aroyib hollardir. Ikkinchi qismi, qolgan payg’ambarlik dalillaridir.
Ikkinchi qism ham ikki qismdir:
Biri, payg’ambardan so’ngra, lekin uni tasdiqab Yuzaga kelgan g’aroyibotlardir. Ikkinchisi, Saodat Asrida sazovor bo’lgan g’aroyibotlardir.
Shu ikkinchi qism ham ikki qismdir:
Biri, o’zida, siyratida, suratida, axloqida, kamolida zohir ko’ringan payg’ambarlik dalillaridir. Ikkinchisi, yon-atrofidagi narsalarda sazovor bo’lgan mo’`jizalardir.