YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB
Ushbu maktub ikki qismdan iboratdir. Birinchi qism ahli iymonni uxuvvatga va muhabbatga da`vat etadi.
BIRINCHI QISM
Mo’`minlardagi nifoq va shiqoqqa, kin va adovatga sabab bo’lguvchi tarafkashlik va qaysarlik va hasad haqiqatu hikmat jihatidan ham, insoniyyati kubro bo’lmish Islomiyyat va hayoti shaxsiyya va hayoti ijtimoiyya va hayoti ma`naviyya nuqtai nazaridan ham chirkin va marduddir, zararli va zulmdir. Va hayoti bashariyya uchun zahardir. Shu haqiqatning g’oyat ko’p vujuhidan olti vajhni bayon etamiz.
* BIRINCHI VAJH. Haqiqat nazarida zulmdir.
Ey mo’`minga kin va adovat bilan qarovchi insofsiz odam! Tasavvur qilki, sen bir kemada yo bir xonadasan. Sen bilan birga to’qqiz nafar ma`sum va bir nafar jinoyatchi bor. Ul kemani garq etishga yo ul xonani yondirishga uringan odam na qadar zulm etayotganini bilasan. Va zolimligi haqida samovotga eshittiradigan darajada baqirasan. Vaholanki, hatto bittaginasi ma`sum, qolgan to’qqiztasi joniy bo’lsa ham, hech kanday bir adolatli qonun u kemani cho’ktirishga buyurmaydi.
Xuddi shuning kabi, bir xonai Rabboniyya va bir safinai ilohiyya bo’lmish bir mo’`minning vujudida iymon va islomiyyat va qo’shnilik singari to’qqiz emas, balki yigirma ma`sum sifati bo’laturib, senga zarar yetkazguvchi va yoki sen yoqtirmaydigan bir joniy sifati tufayligina unga kin va adovat bog’lash ila sen ul xonai ma`naviyyai vujudning ma`nan garq bo’lishini yo yondirilishini, taxribini va cho’kishini orzu qilishing va shunga harakat etishing uningdek chirkin va gaddor bir zulmdir.
* IKKINCHI VAJH. Hikmat nazarida ham zulmdir.
Zero, ma`lumdirki, adovat va muhabbat xuddi nur va zulmat kabi o’zaro ziddirlar. Ikkalovi ma`noyi haqiqiysida turganda hech birga jam` bo’la olmaydi.
Agar muhabbat o’z sabablarining afzalligiga ko’ra bir qalbda haqiqiy bo’lsa, u vaqt adovat majoziy bo’ladi; achinish suratiga inqilab etadi. Ha, mo’`min qardoshini sevadi va sevishi lozim. Lekin dag’alligi uchun achinadi, xolos. Tahakkum bilan emas, balki lutf bilan islohiga intiladi. Shu bois nassi hadisga binoan: "Mo’`min mu`min ila uch kundan ortiq arazlashib, qat`i mukolama etmasin".