mektubot | YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB | 3
(1-15)

* UCHINCHI VAJH. Asl adolatni ifoda etuvchi  

ning ma`nosiga ko’ra, bir mo’`minning joniy bir sifati tufayli boshqa ma`sum sifatlarini mahkum etish hukmida bo’lgan adovat va kin qay daraja hadsiz bir zulm ekanini va boxusus bir mo’`minning qo’pol bir sifatidan xafa bo’lib, arazlashib, adovatini ul mo’`minning aqrabosigada yoyish ning siygoi mubolag’asi ila g’oyat azim bir zulm ekanini haqiqat va shariat va hikmati Islomiyya senga eslatib turgani holda qanday qilib o’zingni haq hisoblaysan, "Mening haqqim bor" deysan?! 

Haqiqat nazarida, sababi adovat va sharr bo’lmish qo’polliklar sharr va tuproq kabi kasifdir: boshqaga yuqmaydi va boshqada in`ikos ham etmaydi. Boshqa odam undan dars olib sharr ish qilsa, u boshqa masaladir. Muhabbatning asbabi bo’lmish yaxshiliklar muhabbatning o’zi kabi nurdir: yuqish va in`ikos etish uning sha`nidir. Shundan "Do’stning do’sti do’stdir" maqoli, zarbulmasal bo’lib ketgan. Xuddi shu bois 'Bir kuz xotiri uchun ko’p ko’zlar seviladi" maqoli ham umumning lisonida aylanadi.

Xullas, ey insofsiz odam! Haqiqat shunday ko’rgani holda, o’zing sevmagan bir odamning suyukli, ma`sum bir qardoshiga va taalluqotiga adovat etish na qadar xilofi haqiqat bo’lishini, haqiqatbin bo’lsang, anglab yetarsan...

* TO’RTINCHI VAJH. Hayoti shaxsiyya nazarida ham zulmdir. Bu to’rtinchi vajhning asosi o’laroq bir necha dasturga quloq os.

- Birinchisi: Sen maslagangni va afkoringni haq bilgan chog’ing "Maslagim haq yoki go’zalroq", deyishga haqqing bo’ladi. Lekin 'Faqat mening maslagim haqdir", deyishga haqqing yo’qdir.

               


ning ma`nosiga ko’ra, insofsiz nazaring va tushkun fikring hakam bo’la olmaydi. Boshqa birovning maslagini botil deb hukm qila olmaydi.

- Ikkinchi Dastur: Sening ustingdagi haq shuki, har so’zlaganing rost bo’lsin. Lekin har rostni so’zlashga sening haqqing yo’qdir. Har aytganing to’gri bo’lishi shart. Lekin har to’grini aytish to’gri emas. Zero, seningdek niyati noxolis bir odamning nasihati ba`zan jig’ga tegadi, teskari natija beradi.

Аудио мавжуд эмас