mektubot | YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB | 5
(1-15)

Ajabo, bir kunlik adovatga arzimaydigan bir narsa uchun bir yil kin va adovat qilib yurishni qaysi insof qabul etadi; buzilmagan qaysi vijdonga sig’adi bu? Holbuki, mo’`min qardoshingdan senga kelgan bir yomonlikni butunlay undan deb bilib, uni mahkum etolmaysan.

Chunki, avvalo, bunda qadarning bir hissasi bor. Uni chegarib, qadar va qazoning hissasiga nisbatan rizo ila muqobala etish kerakdir.

Soniyan: nafs va shaytonning hissasini ham ajratsang, u odamga adovat qilish tugul, balki nafsiga mag’lub bo’lgani uchun unga achinish kerak va nadomat etajagani kutish lozim.

Solisan: sen o’z nafsingda ko’rmaydigan yoki ko’rging kelmaydigan qusuringni ko’r; bir hissa unga ham ber. So’ngra oxirida ortib qolgan kichik bir hissaga qarshi xasmingni eng tinch va eng tez mag’lub etadigan kechirimlilik va olijanoblik ko’rsatsang, zulmdan va zarardan qutulasan. Yo’qsa, shishalarni va muz parchalarini olmos bahosiga olgan sarxush va devona javharchi bir yahudiy kabi, besh pulga arzimaydigan foniy, zoyil, muvaqqat, ahamiyyatsiz umuri dunyoviyyaga go’yo dunyoda abadiy turib abadiy birga qoladiganday kuchli bir hirs va doimiy bir kin ila va davomli bir adovat ila muqobala etish, siygoi mubolag’a bilan oshganda, bir zulumiyatdir va yoki bir sarxushlikdir. Va bir nav` devonalikdir.

Xullas, hayoti shaxsiyyaga ta`siri jihatidan g’oyat zararli bo’lgan adovatga va fikri intiqomga, agar shaxsingni sevadigan bo’lsang, yo’l qo’ymaginki, aslo qalbingga kirmasin. Agar qalbingga kirib bo’lgan bo’lsa, uning so’zini tinglama. Boq, haqiqatbin Hofizi Shiroziyga quloq sol: 


Ya`ni: "Dunyo shunday bir mato emaski, bir nizoga arzisin". Chunki foniy va o’tkinchi bo’lganidan, qiymatsizdir. Ulkan dunyoki bunday bo’lsa, dunyoning juz`iy yumushlari ne chog’li ahamiyyatsiz ekanini anglarsan!..

Yana degan:


Ya`ni: "Ikki jahonning rohati va tinchini ikki harf tafsir etadi, qozontiradi: do’stlariga nisbatan muruvvatkorona muosharat va dushmanlariga sulhkorona muomala".

Аудио мавжуд эмас