Tashqi dushmanlar zuhur etganida va hujum qilganida ichki adovatlarni unugish va tashlash lozimligi haqidagi bir maslahati ijtimoiyyani eng badaviy qavmlar ham taqdir qilib, shunga amal qilganlari holda, jamoati Islomiyyaga xizmat etishni da`vo qilayotganlarga nima bo’lgankim, qarshilarida doimiy hujum vaziyatida turgan hadsiz dushmanlar bo’laturib, juz`iy adovatlarni unutmay, dushmanlarning hujumiga zamin hozirlaydilar?! Bu hol bir tushkunlikdir, bir vahshatdir. Hayoti ijtimoiyyai Islomiyyaga bir xiyonatdir.
Ibrat bo’larli bir hikoya:
Badaviy urug’lardan Hasanan urug’ining o’zaro dushman ikki qabilasi bor edi. Bir-biridan ellikdan ortiq odam o’ldirganlari holda, Sipqon yoki Haydaron urug’iga mansub biror qabila ro’baro’lariga chiqsa, haligi ikki dushman toifa eski adovatni unutib, yelkama-yelka bo’lib, to o’sha tashqi dushmanni daf qilguncha ichki adovatni xotirlariga keltirmas edilar.
Xullas, ey mo’`minlar! Ahli iymon urug’lariga qarshi tajovuz vaziyatini olgan g’oyat ko’p dushmanlar turganini bilasizmi? Qavatqavat doiralar kabi, ichma-ich yuz doiradan ham ko’p bordir. Har biriga qarshi o’zaro tayanib, qo’lniqo’lga berib mudofaa vaziyatini olishga majbur bo’lgan holda, aksincha, ularning hujumini osonlashtirish, Islomiyyatning tegib bo’lmas qadriyatlariga ularning kirishlari uchun darvozalarni ochish bilan teng bo’lgan g’arazkorona tarafkashlik va adovatkorona qaysarlik hech qanday jihat bilan ahli iymonga yarashadimi? Yetmish xil dushman bor. O’sha dushman doiralar ahli zalolat va ilhoddan tortib, to ahli kufrning olamiga qadar, to dunyoning dahshatli yomonliklari va musibatlariga qadar bir-biri ichra sizga qarshi zararli bir vaziyat olgan, ketmaket ravishda sizga hiddat va hirs bilan boqib turibdi. Ularning hammasiga qarshi kuchli qurolingiz va jangovar o’rningiz va qal`angiz -"Uxuvvati Islomiyya"dir. Bu qal`ai Islomiyyani kichik adovatlar va bahonalar bilan qalqitish vijdonga na qadar zid va maslahati Islomiyyaga na qadar teskari ekanini bil. Hushyor bo’l!..
Ahodisi sharifada kelganki, oxirzamonda nifoq va xudosizlikning boshiga o’tadigan, Sufyon va Dajjol kabi mudhish zararlar yetkazadigan shaxslar Islomning va basharning hirs va shiqoqidan foydalanib, oz bir quvvat bilan nav`i basharni ostin-ustun qiladi va ulkan Islom olamini asorat ostiga oladi.