mektubot | YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB | 11
(1-15)

Ikkinchisi, go’yo bir haqi bor kabi va har kim uni hurmat qilishga majburdek, mag’rurona deydiki: "Menga eng yuqori kursini berishi kerak". Ul hirs bilan kirgan, shuning uchun ko’zini yuqori mavqe`larga tikadi, ularga erishgisi keladi. Lekin devonxona sohibi uni orqaga qaytarib, pastga o’tqizadi. Unga tashakkur lozim, lekin tashakkur o’rniga qalbidan jahli chiqadi. Tashakkur emas, bil`aks, xona sohibini tanqid etadi. Xona sohibi ham uni yoqtirmay qoladi. 

Birinchi odam mutavozi`ona kiradi, eng pastdagi kursiga o’tirishni xohlaydi. Uning ul qanoati devonxona sohibining xushiga yoqadi. "Yuqoriroq kursiga marhamat qiling'', deydi. U ham ketgunigacha tashakkurotini ziyodalashtiradi, ko’p mamnuniyyatini izhor etadi.

Xullas, dunyo - bir devonxonai rahmondir. Zamin yuzi - bir dasturxoni rahmatdir. Darajoti arzoq va marotibi ne`mat - kursilar hukmidadir.

Shuningdek, eng juz`iy ishlarda ham har kishi hirsning sui ta`sirini his etadi. Masalan, ikki tilanchi bir narsa istab turgan bo’lsa, hirs bilan tilanayotgan tilanchini yoqtirmay unga bermaslik, aksincha, jim o’tirgan ikkinchi tilanchiga marhamat etib berish istagini hamma dilida his etadi. 

Yana bir misol: kechasi uyqung qochgan, lekin uxlashni istasang, beparvo bo’lsang, uyqung kelishi mumkin. Ammo agar hirs bilan uyqu istasang, "uxlay, uxlay" desang, butunlay uyqungni yo’qotasan.

Yana misol: muhim bir natija uchun birovni hirs bilan kutasan. "Kelmadi, kelmadi", deb joning halak. Eng oxirida hirs sening sabringni tugatib turib ketasan. Bir daqiqa o’tib ul odam keladi, lekin endi kutgan ul muhim natijang buzilgan bo’ladi.

Bu hodisalar shuni isbot etadiki, bir non dala, hirmon, tegirmon, tandir tartibida vujudga kelganidek, tartibi ashyoda bir hikmat targ’ibi bordir. Hirs sababli tadbir bilan harakat etmagani uchun ul tartibi ashyodagi ma`naviy bosqichlarni bosib o’shaydi: yo sakrab yiqiladi, yoki bir pogonani bosmay chiqmoqchi bo’ladi; maqsadiga yeta olmaydi. 

Xullas, ey dardi maishatla esankiragan va hirsi dunyo bilan sarhush bo’lgan qardoshlar! Hirs shunchalik zararli va baloli bir narsa ekaniga qaramay, hirs yo’lida qanday har zillatni irgikob etib, halolharom demasdan har molni qabul qilaverasizlar, hayoti uxroviyyaga lozim ko’p narsalarni esa fido qilasizlar? Hatto arkoni Islomiyyaning eng muhim rukni bo’lmish zakotni hirs yo’lida tark etyapsizlar? Holbuki, zakot har shaxs uchun sababi barakot va balolarni daf qiluvchidir. Zakotni bermaganning qo’lidan, har-holda, zakot qadar bir mol chiqadi: yo bekorga beradi, yoki bir musibat kelib tortib oladi.

Birinchi Jahon urushining beshinchi yili bir ajib tushda mendan so’raldi: "Musulmonlarga kelgan bu ochlik, bu zoyi`oti moliyya va mashaqqati badaniyya nedandur?" tushda degan edim: 

Аудио мавжуд эмас