"Janobi Haq o’zi bergan ayrim moldan o’ndan birini* va yoki ba`zi moldan qirqdan birini** to bizga kambagallarning duolarini qozantirish, kin va hasadlarini man` etish uchun bizdan istadi. Biz hirsga berilib ochkuzlik qildik, bermadik. Janobi Haq yig’ilib qolgan zakotni - qirqdan o’ttizini, o’ndan sakkizini oldi.
Ham, yigirma to’rt soatdan birgina soatini xush va ulviy, nuroniy va foydali bir nav` ta`limoti Rabboniyyani bizdan istadi. Biz tanballik qilib, ul namozni va niyozni o’rniga keltirmadik. O’sha birgana soatni qolgan damlarga qo’shib zoe qildik. Janobi Haq uning kafforatiga besh yil ta`lim va ta`limot va yugurtirish bilan bizga bir nav` namoz o’qittardi".
Men shunday dedim. So’ngra o’zimga kelib o’yladim, tushundimki, u xayoliy tushda juda muhim bir haqiqat bordir. "Yigirma beshinchi So’z"da madaniyyat bilan hukmi Qur`onning qiyosiy bahsida isbot va bayon qilingani kabi, basharning hayoti ijtimoiysida barcha axloqsizlikning va barcha ixtilolotning manba`i ikki kalimadir:
Birisi - "Men to’q bo’lgandan keyin boshqasi ochlikdan o’lsa, menga nima?"
Ikkinchisi - "Sen ishla, men yeyman".
Bu ikki kalimani jarayoni ribo va tarki zakot idoma etadi.
Bu ikki mudhish marazi ijtimoiyni tuzatadigan yagona chora - Zakotning bir dasturi umumiy suratinda ijrosi, vujubi zakot hamda riboni harom qilishdir. Ham, nafaqat yolgiz ashxosda va xususiy jamoatlarda, balki umum nav`i basharning saodati hayoti uchun eng muhim bir rukn, balki davomi hayoti insoniyya uchun eng muhim bir tirgak - zakotdir. Chunki basharda ikki tabaqa bor: xos va avom. xosdan avomga marhamat va ehsonni va avomdan xosga hurmat va itoatni ta`min ettuvchi amal - zakotdir. Yo’qsa, yuqoridan avomning boshiga zulm va tahakkum tushadi; avomdan boshlarga qarshi kin va isyon chiqadi. Ikki tabaqai bashar doimiy bir mujodalai ma`naviyyada, bir kashmakashi ixtilofda bo’ladi. Bora-bora to Rusiyada bo’lgani kabi, sa`y va sarmoya mujodalasi suratida bo’gisha boshlaydi.
Ey ahli karam va vijdon!.. Va ey ahli saxovat va ehson!..