mektubot | YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB | 15
(1-15)

Demak, bu oyatning ifodasiga va kalimalarning ayri-ayri dalolatlariga ko’ra, ayb topish va g’iybat aqlan va qalban va insoniyyatan va vijdonan va fitratan va milliyatan ayblangandir. Xullas, boq: bu oyat ayb axtarishning o’zini shunday bir iyjozkorlik ila olti marotaba ayblash orqali e`jozkorlik ila olti daraja u gunohdan qaytaradi.

G’iybat adovatchi, hasadchi va qaysarlarning eng ko’p iste`mol qiladigan tuban bir qurolidir. Izzati nafs sohibi bu iflos qurolni iste`mol qilmaydi, bu daraja pastkashlikka bormaydi. Mashhur bir zot bunday degan:


Ya`ni: "Dushmanimga g’iybat bilan jazo berishdan nafsimni yuksak tutaman va tanazzul etmayman. Chunki g’iybat zaif va zalil va pastkashlarning qurolidir".

G’iybat shudirki, g’iybat etilayotgan odam hozir bo’lsa va eshitsa edi, yomon ko’rib xafa bo’lardi. Agar to’g’ri aytsa, zotan g’iybatdir. Agar yolgon aytsa, ham g’iybat, ham tuhmatdir. Gunoh ustiga chirkin bir gunohdir.

G’iybat maxsus bir necha o’rinda joiz bulishi mumkin.

Birisi: Shikva shaklida bir vazifador odamga aytsa, joiz. To yordam etib, o’sha munkarni, o’sha aybni haligi kishidan yo’q qilsin va haqqini undan olsin.

Yana birisi: Bir odam boshqa bir odam ila sheriklik ish qilishni xohlaydi. Sen bilan mashvarat etadi. Sen ham faqat maslahat tariqasida, g’oyat beg’araz, mashvaratning haqqini edo etish uchungina: "U bilan sheriklik ish qilmagin, Chunki zarar ko’rasan", desang, joiz.

Yana birisi: Tahqirlash va olamga yoyish maqsadida emas, balki ta`riflash va tanittirish uchun: "U cho’loq va daydi kishi falon yerga ketdi", desa, bo’ladi.

Yana birisi: G’iybat etilayotgan odam fosiqi mutajohir bo’lsa. Ya`ni, yomonlikdan uyalmaydi, balki qilgan sayyioti bilan lazzatlanadi, uyalmasdan oshkora bir suratda qiladi.

Mana shu maxsus o’rinlarda, g’arazsiz va faqat haq va maslahat uchungina g’iybat joiz bo’lishi mumkin. Aks hollarda, olov o’ganni qanday yeb tugatsa, g’iybat ham a`moli solihani shunday yeb tugatadi.

Bordiyu g’iybat etsa va yo o’z xohishi bilan tinglab quysa, unda:


deyishi kerak va so’ng g’iybat qilingan odamga qachon duch kelsa: "Meni halol ettin", deyishi lozim.

 


Said Nursiy

 

 

Аудио мавжуд эмас