mektubot | YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB | 13
(1-15)

Ehsonlar zakot nomida bo’lmasa, uch zarari bor. Ba`zan foydasiz ham ketadi. Chunki Alloh nomidan bermaganing uchun ma`nan minnat etasan; bechora faqirni minnat asorati ostida qoldirasan. Ham maqbul bo’lgan duosidan mahrum qolasan. Ham haqiqatan Janobi Haqning molini `ibadiga berish uchun bir tarqatuvchi ma`mur bo’lganing holda, o’zingni sohibi mol deb o’ylab bir kufroni ne`mat qilasan. Agar zakot deb bersang, Janobi Haq nomidan berganing uchun bir savob qozonasan, bir shukroni ne`mat ko’rsatasan. Ul muhtoj odam ham senga yaltoqlanishga majbur bo’lmagani uchun, izzati nafsi sinmaydi va duosi sening haqqingda maqbul bo’ladi. Ha, zakot qadar, balki undan ham ziyoda molini nofila va ehson deb yoki soir suratlarda berib riyo va shuxrat kabi, minnat va tazlil kabi zararlarni qozonish qaerda-yu, ul yaxshiliklarni zakot nomidan qilib, ham farzni ado etish, ham savobni, ham ixlosni, ham maqbul bir duoni qozonish qaerda?! 

Аудио мавжуд эмас