G’iybat haqida
"Yigirma beshinchi So’z".ning zamm va zajr xususida so’z borgan o’rnida keltirilgan birgina oyatning mo’`jizona olti tarzda g’iybatdan nafrat ettirishi g’iybat Qur`onning nazarida naqadar shani` bir narsa ekanini to’la ko’rsatganidan, boshqa bayonga ehtiyoj qoldirmagan. Ha, Qur`onning bayonidan so’ng bayon bo’lishi qiyin; ehtiyoj ham yo’qdir.
Xullas,
oyati olti darajada aybni ayblaydi.
G’iybatdan olti barobar kuch bilan qaytaradi. Bu oyat bilfe`l g’iybat etguvchilarga mutavajjih bo’lsa, ma`nosi quyidagicha bo’ladi. Ya`ni, oyatning boshidagi "hamza" so’rash ("oyo") ma`nosida ekani ma`lumdir. Ul so’rash ma`nosi esa, suv kabi, oyatning butun kalimalariga kiradi. Har kalimada bir yashirin hukm bor:
Birinchi hukm "hamza" ila deydi: "Oyo!!!, savol va javob makoni bo’lmish aqlingiz yo’qmiki, bu daraja chirkin bir narsani anglamaydi?"
Ikkinchisi lafzi ila deydi: "Oyo!!!, sevish va nafratlanish mako ningiz bo’lmish qalbingiz buzilganmiki, eng manfur bir ishni sevadi?"
Uchinchisi kalimasi ila deydi: "Jamoatdan hayot olgan hayoti ijtimoiyya va madaniyyatingizga nima bo’lganki, hayotingizni zaharlantarguvchi bunday bir amalni qabul etadi?"
To’rtinchisi kalomi ila deydi: "Insoniyyatingizga nima bo’lganki, orqadoshingizni bu taxlit yirtqichday tish bilan parchalaysiz?"
Beshinchisi kalimasi ila deydi: "Hech riqqati jinsiyyangiz, hech silai rahmingiz yo’qmiki, ko’p jihatlar ila sizga qardosh bo’lgan shunday bir mazlumning shaxsi ma`naviyyasini insofsizlarcha tishlaysiz? Va hech aqlingiz yo’qmiki, o’z a`zoingizni o’z tishingiz bilan devona kabi tishlayapsiz?"
Oltinchi kalomi ila deydi: "Vijdoningiz qaerda? Fitratingiz buzilganmiki, hurmatga eng loyiq bir qardoshingizga qarshi go’shtini yeyish bilan barobar bo’lgan eng mustakrah bir ishni qilyapsiz?"