mektubot | YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB | 10
(1-15)

IKKINCHI QISM

 

Ey ahli iymon! Sobiqan, adovat naqadar zararli ekanini anglading. Yana anglaki, hayoti Islomiyyaga adovatchalik eng mudhish bir zararli kasallik ham hirsdir. Hirs yo’qlik sababidir, illat va zillatdir va mahrumiyyat va safolatni keltiradi. Ha, har millatdan ziyoda hirs bilan dunyoga hujum qiladigan yahudiy millatining zillat va safolati bu hukmga bir shohidi qat`iydir. Ha, hirs zihayot olamida eng keng doiradan torgib, to eng juz`iy bir fardga qadar yomon ta`sirini ko’rsatadi. Tavakkulvoriy talabi rizq esa, bil`aks, sababi rohatdir va har yerda chiroyli ta`sirini ko’rsatadi. Xullas, bir nav` zihast va rizqga muxtoj bo’lgan mevali daraxtlar va o’simliklar tavakkulvoriy, qanoatkorona yerlarida turib hirs ko’rsatmaganliklaridan, rizqlari ularga yugurub keladi. Hayvonlarga qaraganda juda ko’p avlod o’stiradilar. Hayvonot esa, rizqlari ketidan hirs bilan yugurganliklari uchun rizqlarini juda ko’p zahmat va nuqsoniyyat bilan qo’lga kiritadilar. Hayvonot orasida zaif va ojiz lisoni hollari bilan tavakkul etgan bolalarning mashru`, mukammal va latif rizqlari xazinai rahmatdan berilishi; aksincha, hirs bilan rizqlariga hujum qiluvchi yirtqichlar rizqlarini g’ayri mashru` va juda ko’p zahmatlar bilan qozonishlari ko’rsatadiki, hirs - sababi mahrumiyyatdir; tavakkul va qanoat esa - vasilai rahmatdir.

Doirai insoniyya ichida hamma millatdan ziyoda hirs bilan dunyoga yopishgan va ishq bilan hayoti dunyoviyyaga bog’langan yahudiy millatining ko’p zahmatlar bilan topgan, o’ziga foydasi oz, faqat xazinadorlik etgan g’ayri mashru` bir sarvati riboiy bilan butun millatlardan egan zillat va safolat tarsakisi, qatlu tahqirlar ko’rsatadiki, hirs - ma`dani zillat va xasoratdir. Haris bir inson hamisha xasoratga tushadi, bunga doir ko’p voqealar borki Zarbul masal hukmiga o’tgan, umumning nazarida bir haqiqati omma bo’lib qabul qilingandir. Modomiki shunday ekan, agar molni ko’p sevar bo’lsang, molni hirs bilan emas, balki qanoat bilan talab qil, to ko’p kelsin...

Ahli qanoat ila ahli hirs shunday ikki shaxsga o’xshashki, ular buyuk bir zotning devonxonasiga kiradilar. Biri qalbidan deydi: "Meni faqat qabul qilsin, tashqaridagi sovuqdan qutulsam menga kofiydir. Eng poygahdagi kursini bersalar ham lutfdir".

Аудио мавжуд эмас