Uchinchi savolga deymizki, Haq nomidan, haqiqat hisobidan bo’lgan fikrlar to’qnashuvida maqsad va asos bir bo’ladi, faqat vositalar ixtilof etadi. Haqiqatning har qirrasini izhor etib, haqqa va haqiqatga xizmat qiladi. Lekin tarafkashona va g’arazkorona, fir`avnlashgan nafsi ammora hisobiga xudfurushlik, shuhratparvarona bir tarzdagi fikrlar to’qnashuvidan haqiqat chaqmog’i emas, balki fitna otashlari chiqadi. Chunki maqsadda ittifoq lozim bo’lib turgan bir paytda, undaylar fikrlarining kurrai arzda nuqtai talokiysi bo’lmaydi. Haq nomidan bo’lmagani tufayli nihoyatsiz tug’yon ichida ketadi. Qaytadan bog’lab bo’lmaydigan ajralishlarga sababchi bo’ladi. Olamning ahvoli bunga shohiddir.
Al-hosil.
Ibrat bo’larli bir hodisa:
Bir paytlar Imomi Ali (roziyallohu anhu) bir kofirni yerga qulatgan va qilichini sermab, endi kesay deb turgan mahali haligi kofir unga tuflagan. Hazrat Ali kofirni qo’yib yuborgan, kesmagan. Kofir unga aytganki:
- Nimaga meni kesmading? Dedi:
- Seni Alloh uchun kesmoqchi edim. Lekin menga tuflading, g’azabga to’ldim. Nafsimning hissasi aralashgani uchun ixlosim shikastlandi. Shu bois seni kesmadim.
Shunda u kofir:
- Meni tezroq kesgin deb seni g’azabga to’ldirish maqsadida tuflagan edim. Modomiki diningiz shu daraja sofiy va xolisdir, shu din haqdir, - dedi.
Diqqatga arzirli yana bir voqea:
Bir paytlar bir hokim bir o’grining qo’lini kesayotib gazab asarini ham kursatgani uchun uni kuzatib turgan odil amiri uni vazifadan bo’shatgan. Chunki shariat nomidan, Qonuni Ilohiy hisobidan kesganida edi, nafsi unga achinishi kerak edi. Demak, nafsi ham bir hissa aralashgani uchun adolatla ish tutmagan.
Taassuflanarli bir holati ijtimoiyya va islomiy qalbni yig’latarli mudhish bir marazi hayoti ijtimoiyya: