mektubot | YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB | 4
(1-15)

- Uchinchi dastur: Adovat etging kelsa, qalbingdagi adovatga adovat etgin; uni yo’q qilishga urin. Ham, senga eng ziyoda zarar yetkazadigan nafsi ammorangga va havoi nafsingga adovat etgin; islohiga intilgin. O’sha muzir nafsni deb mo’`minlarga adovat etmagin. Agar dushmanlik etging kelsa, kofirlar va xudosizlar ko’pdir, ularga adovat etgin. Ha, muhabbat sifati muhabbatga loyiq bo’lganidek, adovat xislati ham har narsadan oldin o’zi adovatga loyiqdir. Agar xasmingni mag’lub qilmoq istasang, yomonligiga nisbatan yaxshilik bilan muqobala et. Chunki, agar yomonlik bilan muqobala epsang, xusumat ziyodalashadi. Zohiran maglub bo’lsa ham, qalban kin saqlaydi, davomli adovat etadi. Agar yaxshilik bilan muqobala etsang, nadomat qiladi, senga do’st bo’ladi.


ning hukmiga ko’ra, mo’`minning sha`ni - kariym bo’lishdir. Sening ikroming tufayli senga musaxxar bo’ladi. Zohiran razil bo’lsa ham, iymon jihatidan kariymdir. Ha, yomon bir odamga "yaxshisan, yaxshisan" deyaversang, yaxshi bo’lib ketishi va yaxshi bir odamga "yomonsan, yomonsan" deyaversang, yomon bo’lib ketishi ko’p sodir bo’ladi.


 

kabi dasotiri qudsiyyai Qur`oniyyaga quloq ber; saodat va salomat undadir.

- To’rtinchi dastur: Kin va adovat saqlovchi kimsalar ham o’ziga, ham mo’`min qardoshiga, ham rahmati Ilo hiyyaga zulm qiladi, tajovuz etadi. Chunki kin va adovat ila nafsini bir azobi aliymda qoldiradi. Dushmaniga kelgan ne`matlardan azobni va qo’rquvidan kelgan alamlarni nafsiga chektiradi, nafsiga zulm yetkazadi. Agar adovat hasaddan kelsa, shunisi butkul azobdir. Chunki hasad avvalambor hasad qilguvchini ezadi, mahv etadi, yondiradi. Hasad qilinayotgan kishiga zarari oz yoki yo’qdir.

Hasadning chorasi shuki, hasad qilguvchi hasad etayotgan narsalarining oqibatini o’ylasin; to anglasinki, raqibidagi dunyoviy go’zalliklar va quvvat, martaba va sarvat foniydir, muvaqqattir. Foydasi oz, zahmati ko’pdir. Agar uxroviy ustunliklari bo’lsa, zotan ularga hasad qilinmaydi. Agar ularga ham hasad qilsa, yo o’zi riyokordir, oxirat molini dunyoda mahv etgisi keladi, va yoki hasad qilinuvchini riyokor deb vahima qiladi; nohaqlik etadi, zulm yetkazadi. Ham unga musibatlar kelsa, mamnun, ne`matlar kelsa, mahzun bo’lib, yaxshiliklarni yetkazgan qadar va rahmati Ilohiyyadan arazlashadi. Go’yo qadarni tanqid etadi va rahmatga e`tiroz bildiradi. Qadarni tanqid etgan kimsa boshini sandonga urib, sindiradi hisob. Rahmatga e`tiroz bildirgan kimsa rahmatdan mahrum bo’ladi.

Shunday ekan,
Аудио мавжуд эмас